11 971.640 so‘m

decrease

-8.720

13 160.420 so‘m

increase

26.350

146.330 so‘m

increase

0.710

11 971.640 so‘m

decrease

-8.720

Yaqin 3 soat ichida
Bank
62

Turonbank boshqaruvi raisi jinoyatda gumonlanib, qoʻlga olindi — OAV

Turonbank boshqaruvi raisi Chori Mirzayev yirik miqdordagi pullarni oʻzlashtirishda gumonlanib, qoʻlga olingani xabar qilinmoqda. Kun.uz maʼlum qilishicha, u Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan ushlangan.

Turonbank boshqaruvi raisi jinoyatda gumonlanib, qoʻlga olindi — OAV

Bu haqda Kun.uz oʻz manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashrga koʻra, Chori Mirzayev yirik miqdordagi pul mablagʻlarini oʻzlashtirishda gumonlanmoqda. Kun.uz ushbu maʼlumotni oʻz manbasi ham tasdiqlaganini bildirgan.

Chori Mirzayev 2016 yil 23 sentabrdan buyon Turonbank boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan. U 1971 yilda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tugʻilgan.

Hozircha prokuratura tomonidan Mirzayevning ushlangani yuzasidan rasmiy bayonot berilgani haqida maʼlumot yoʻq. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+