12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

20-yanvar, 15:59
Bozor

Tramp inauguratsiyasi oldidan Bitcoin oʻzining yangi eng yuqori miqdoriga erishdi

Prezidentlik kursisiga oʻtirishi oldidan Tramp va uning rafiqasi Melania Tramp oʻzining memkoinlarini taqdim etishdi. Memkoinlar oʻzi nima va ular qanchalik riskli?

Tramp inauguratsiyasi oldidan Bitcoin oʻzining yangi eng yuqori miqdoriga erishdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Donald Tramp prezidentlik kursisiga oʻtirishi yaqinlashar ekan, kriptovalyutalar bozori katta eʼtiborni tortmoqda. Bitcoin narxi barcha davrlardagi eng yuqori koʻrsatkichga yetib, hozirda $108,570 ni tashkil etmoqda. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, kun davomida Bitcoin narxi $109 mingacha yetib, tarixiy rekordni yangiladi. Keyinchalik narx qisqa muddat ichida $99 mingacha pasaygan boʻlsa-da, hozirda narx stabil holatda saqlanmoqda.

Diagramma: Coinmarketcap

Trampning kripto siyosati

Ekspertlarning fikricha, ushbu narxlarning oʻsishi Donald Trampning kriptovalyutalarga boʻlgan iliq munosabati va ushbu sohani rivojlantirishga qaratilgan siyosatlari sabab boʻlgan. Bloomberg xabariga koʻra, Tramp kriptovalyutalarni milliy ustuvor yoʻnalish sifatida belgilashni rejalashtirgan. U, shuningdek, kripto maslahat kengashini tashkil etish va milliy Bitcoin zaxirasini yaratishni koʻzda tutuvchi ijroiy farmonni imzolashni moʻljallamoqda. Federal hukumat Bitcoin sotib olish va sotish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

$TRUMP va $MELANIA memkoinlari

Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya Tramp oʻzining ikkinchi prezidentlik muddati oldidan $TRUMP va $MELANIA nomli memkoinlarni ishga tushirdi. Ushbu kriptovalyutalar bozorga chiqqanidan buyon katta qiziqish uygʻotmoqda. CoinGecko maʼlumotlariga koʻra, $TRUMP bozorda $11 milliardlik kapitalga ega boʻlib, 21-oʻrinni egallagan. $MELANIA esa $1,19 milliardlik kapital bilan 94-oʻrinda joylashgan.

Kriptovalyutalarni faol qoʻllab-quvvatlovchi Tramp yaqinda boʻlib oʻtgan mitingda yangi memkoinlarni “investitsiya” deb atadi. Uning rafiqasi Melaniya Tramp esa 2025 yil 20 yanvarda $MELANIA kriptovalyutasini ishga tushirdi. Biroq X’ning Community Notes funksiyasi mazkur kripto aktivni 89% bitta hamyonda toʻplanganligi uchun juda ham katta riskli deb atadi.

Memkoinlar nima?

Memkoinlar internetdagi trend va memlardan ilhomlangan raqamli aktivlardir. Ular odatda aniq maqsadga ega emas va koʻpincha qiziqarli yoki satirik loyiha sifatida yaratiladi. Blokcheyn texnologiyasi asosida qurilgan memkoinlar maʼlumotlarni markazlashmagan tarmoq orqali yozadi va ulashadi.

Mashhur memkoinlar:

  • Dogecoin (DOGE)
  • Shiba Inu ($SHIB)

Ular dastlab hazil sifatida yaratilgan boʻlsa-da, keyinchalik katta miqdorda muxlislar toʻplashga muvaffaq boʻldi. Oʻzbekiston hududida memkoinlar Telegram messenjeri orqali ommalashmoqda. $NOT va $DOGS memkoinlari bunga yaqqol misol boʻla oladi.

Memkoinlarning afzalliklari:

  • Arzonligi sababli yangi investorlar uchun jozibador.
  • Kriptovalyutalarni oʻrganishni boshlash uchun qulay variant.

Kamchiliklari va risklari:

  • Yuqori oʻzgaruvchanlik va xavf darajasi.
  • Asosan onlayn trendlar va shov-shuvlarga bogʻliq.
  • Tartibga solinmaganligi sababli investitsiya uchun xatarli.
  • Toʻlovlar amalga oshirish uchun mos emas.

Bundan koʻrish mumkinki, memkoinlarga investitsiya kiritish katta riskli boʻlib, ayrim hollarda koʻp pul yoʻqotishga olib keladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+