11 783.470 so‘m

decrease

-14.450

13 688.860 so‘m

decrease

-51.000

139.700 so‘m

increase

1.700

11 783.470 so‘m

decrease

-14.450

Yaqin 1 soat ichida
Iqtisodiyot
27

Tramp amerikaliklarga $5 mingdan vaʼda qildi

Donald Tramp respublikachilar noyabrdagi oraliq saylovlarda Kongressning har ikki palatasida nazoratni saqlab qolsa, AQShning har bir voyaga yetgan fuqarosiga $5 mingdan toʻlashni vaʼda qildi. “Tramp dividendi” deb nomlangan tashabbusning umumiy qiymati qariyb $1,2–1,3 trln boʻlishi mumkin.

Tramp amerikaliklarga $5 mingdan vaʼda qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp bu taklifni 9-sentabr kuni Dallasda oʻtkazilgan respublikachilar quriltoyida eʼlon qildi.

Unga koʻra, agar Respublika partiyasi 3-noyabrdagi saylovlardan keyin ham Vakillar palatasi va Senat ustidan nazoratni saqlab qolsa, har bir voyaga yetgan amerikalik $5 ming miqdorida “dividend” olishi kerak. Tramp pul faqat AQSh ichida sarflanishi shartligini ham aytdi.

AQShda taxminan 240–260 mln voyaga yetgan fuqaro borligini hisobga olganda, dasturning qiymati $1,2–1,3 trln atrofida boʻlishi mumkin. Tramp mablagʻning aniq qayerdan olinishi haqida batafsil mexanizmni taqdim etmadi. Vitse-prezident Jey Di Vens tariflardan tushayotgan daromadni moliyalashtirish manbalaridan biri sifatida koʻrsatgan.

Biroq hozirgi tarif tushumlari bunday toʻlovlarni toʻliq qoplash uchun yetarli emas. Masalan, ayrim hisob-kitoblarga koʻra, tariflardan olingan daromad $133 mlrd atrofida boʻlgan — bu $5 minglik cheklarni moliyalashtirish uchun zarur summaning qariyb oʻndan biriga teng.

Bundan tashqari, prezident bunday toʻlovlarni mustaqil ravishda amalga oshira olmaydi. Dastur federal xarajatlarni talab qilgani uchun Kongress tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Bu Trampning ikkinchi prezidentlik muddati davomida amerikaliklarga yirik miqdorda toʻgʻridan-toʻgʻri pul berish boʻyicha birinchi tashabbusi emas.

2025-yil boshida u davlat xarajatlarini qisqartirish hisobidan har bir soliq toʻlovchiga $5 minggacha “DOGE dividendi” berish gʻoyasini qoʻllab-quvvatlagan edi. Biroq Ilon Mask boshchiligidagi DOGE kutilgan hajmda tejamkorlikka erisha olmadi va bu reja amalga oshmadi.

Keyinchalik Tramp tariflardan olinadigan daromad hisobidan amerikaliklarga $2 mingdan chek berishni taklif qildi. Bu tashabbus ham hozirgacha amalga oshirilmagan.

Ayni paytda, Tramp maʼmuriyati Obamacare orqali sugʻurtalangan qariyb 1 mln kishiga $500 dan qaytarishni ham eʼlon qildi. Bu toʻlovlar avvalgi ommaviy dividend tashabbuslaridan farqli ravishda barcha amerikaliklarga emas, faqat 30 shtatdagi muayyan sugʻurta mijozlariga tegishli va 2026-yil oktabridan yuborilishi rejalashtirilgan.

Shu tariqa, $5 minglik “Tramp dividendi” prezidentning soʻnggi 19 oy ichida amerikaliklarga toʻgʻridan-toʻgʻri pul tarqatishga doir kamida toʻrtinchi tashabbusi boʻldi. Oldingi ikki yirik — DOGE va tarif dividendlaridan hozirgacha toʻlov amalga oshirilmagan, yangi $5 minglik tashabbus esa respublikachilarning noyabrdagi saylov natijasi va keyinchalik Kongressning roziligiga bogʻliq.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+