12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

07-dekabr, 2024
Iqtisodiyot

Toshkentda yangi yildan boshlab avtobuslarda naqd pul qabul qilish amaliyoti toʻxtatiladi

Naqd puldagi toʻlovlar endilikda bekatlar va ular yaqinida oʻrnatilgan kiosklar orqali amalga oshiriladi.

Toshkentda yangi yildan boshlab avtobuslarda naqd pul qabul qilish amaliyoti toʻxtatiladi

2025 yil 1 yanvardan boshlab avtobuslarda yoʻl haqi uchun toʻlovlarni naqd pulda qabul qilish toʻxtatiladi. Bu haqida “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.

Yoʻlovchilar naqd pul orqali avtobuslarda harakatlanish uchun Toshkent shahridagi bekatlarda va ular yaqinida oʻrnatilgan barcha toʻlov qurilmalari yaʼni, Paynet, MultiPay va Oson infokioskalari orqali bir martalik chipta xarid qilishi kerak boʻladi. 

Bunda naqd pul orqali toʻlov miqdori 2000 soʻmdan 3000 soʻmga oshiriladi.

“Toshshahartransxizmat” AJ bu amaliyot yoʻl haqi toʻlovida shaffoflikni taʼminlash, toʻlov jarayonini tezlashtirish, bekatlar orasidagi intervalni qisqartirish, shuningdek, avtobus boshqaruvining xavfsizligini oshirish maqsadida joriy etilayotganini aytib oʻtgan. 

Kompaniya yoʻl haqini tez va arzon toʻlash uchun elektron toʻlov tizimlaridan foydalanishni tavsiya etmoqda. Ushbu toʻlov tizimlaridan foydalanilganda yoʻl haqi 1700 soʻm miqdorida saqlanib qoladi. Yoʻlovchilar quyidagi variantlardan foydalanishlari mumkin: 

  • ATTO transport kartasi
  • ATTO virtual kartasi
  • Mobil ilovalar orqali NFC toʻlov
  • Mobil ilovalar orqali QR toʻlov (Click, UzumPay, MyUzcard, Alif)
  • Bank kartalari (Uzcard, Humo, MasterCard, Visa, China UnionPay)

Shuningdek, transport kartasi oraliq almashish tariflari avvalgi holatda saqlanib qolinadi. Toʻliq taʼriflar quyidagicha:

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+