12 591.570 so‘m

increase

91.560

14 545.780 so‘m

increase

74.520

153.820 so‘m

increase

1.860

12 591.570 so‘m

increase

91.560

18-iyul, 15:00
Bozor

Toshkentda uy-joy narxlari va ijarasi pasayishda davom etmoqda

2025 yilning dastlabki 6 oyida Oʻzbekistonda 136,5 mingta uy-joy sotildi — bu oʻtgan yilga nisbatan 10,6 foiz koʻp. 

Iyun oyida Toshkentda ikkilamchi uy narxlari oʻtgan yilga nisbatan 4,8 foizga, ijaralar esa 2,6 foizga pasaydi. 

Eng katta narx tushishlari Uchtepa (-9,7%), Mirzo-Ulugʻbek (-7,6%) va Yashnobod (-7,3%) tumanlarida qayd etildi.

Toshkentda uy-joy narxlari va ijarasi pasayishda davom etmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

Toshkent shahrida koʻchmas mulk narxlari va ijarasi pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan eʼlon qilingan tahlilda maʼlum qilindi.

2025 yilning birinchi yarmi yakunlariga koʻra, respublika boʻyicha uy-joy oldi-sotdi bitimlari soni 10,6 foizga oshib, 136,5 ming xonadonga yetdi.

Faqat iyun oyida 21 mingta oldi-sotdi bitimi roʻyxatdan oʻtkazilib, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3,7 foizga koʻpdir.

Hududlar kesimida, koʻchmas mulk bozorida eng yuqori faollik Jizzax (29,9%), Navoiy (18,3%) va Surxondaryo (17,7%) viloyatlarida kuzatildi. Aksincha, Toshkent viloyatida bitimlar hajmi 2,6 foizga kamaygani qayd etildi.

Ikkilamchi koʻchmas mulk bozori

Ikkilamchi bozorda iyun oyida uy-joylarning oʻrtacha narxi oʻtgan oyga nisbatan 0,3 foizga oshdi. 

Yillik hisobda esa bu koʻrsatkich 1,8 foizni tashkil etdi. Hududlar boʻyicha qaralganda, Jizzax viloyatida iyun oyida narxlar biroz (–1,3%) pasaygan boʻlsa-da, yillik oʻsish surʼati boʻyicha (11,7%) yetakchilikni saqlab qolmoqda. Bundan tashqari, Surxondaryo (10,9%), Qoraqalpogʻiston (9,3%), Xorazm (7,3%) va Namangan (7,1%) viloyatlarida ham ijobiy yillik dinamika kuzatildi.

Toshkent shahrida koʻchmas mulk bozori

Toshkent shahrida esa ikkilamchi uy-joy narxlari oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 4,8 foizga arzonlashdi. Yangi qurilgan uylar narxi esa 1,6 foizga pasaydi. 

Ikkilamchi bozorda eng katta narx pasayishi Mirzo-Ulugʻbek (–7,6%), Yashnobod (–7,3%) va Chilonzor (–6,9%) tumanlarida qayd etildi. Birlamchi bozorda esa eng katta tushish Uchtepa (–9,7%), Yunusobod (–8,8%) va Shayxontohur (–7,7%) tumanlarida kuzatildi.

Toshkent shahrida ijara bozori 

Toshkent shahrida iyun oyida ijara narxlari oʻzgarishsiz qoldi. Oʻrtacha ijara narxi bir kvadrat metr uchun 8,1 dollarni tashkil etdi. Bunda eng yuqori ijara narxlari quyidagi markaziy tumanlarda saqlanmoqda:

  • Mirobod,
  • Shayxontohur,
  • Yakkasaroy.

Mazkur tumanlarda ijara narxi oʻrtacha 10,3 dollarga teng boʻlib, talab yuqoriligicha qolmoqda.

Shunga qaramay, yil boshidan buyon oʻrtacha ijara narxi 2,6 foizga kamaydi. Eng katta pasayish quyidagi tumanlarda kuzatildi:

  • Uchtepa
  • Yashnobod
  • Chilonzor

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+