12 831.810 so‘m

decrease

-25.540

14 606.450 so‘m

decrease

-66.360

163.750 so‘m

increase

0.300

12 831.810 so‘m

decrease

-25.540

15-mart, 16:00
Iqtisodiyot

Toshkent supermarketlaridagi baʼzi oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzonladi

Eng koʻp narx tushishi kartoshkada kuzatilgan boʻlsa, pomidor narxi yuqorilagan.

Toshkent supermarketlaridagi baʼzi oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzonladi
Foto: AI / Pinkod.uz

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan 2025 yil mart oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari monitoringi oʻtkazildi.

Olingan natijalar baʼzi mahsulotlar narxida pasayish kuzatilganini, ayrimlarida esa narxning oshganligini koʻrsatdi. Bir qator mahsulotlarning narxi esa oʻzgarishsiz qolgan.

Monitoring natijalariga koʻra, 6 nomdagi oziq-ovqat mahsuloti minimal narxlari pasaygan. Xususan, kartoshkaning minimal narxi 19,8 foiz, sariq piyozniki 10,3 foiz, qizil sabziniki 3,4 foiz, tuxumniki 2,1 foiz, bananniki 0,9 foiz, kungaboqar yogʻiniki 0,6 foiz pasaygan.

7 nomdagi mahsulot boʻyicha minimal narxlar oshgan. Ayniqsa, pomidor narxida eng katta oʻsish qayd etildi. Bu mavsumiy omil bilan bogʻliq. Pasayishning asosiy sababi bozor holati va import bilan bogʻliq omillar hisoblanadi.

8 nomdagi mahsulotning eng past narxlari oʻzgarishsiz qolgan. Bular -  bugʻdoy uni, guruch, makaron, oqbosh karam, olma, tovuq goʻshti (file), sut va shakardir.

Avvalroq, fevral oyida yillik inflyatsiya 10 foizdan oshgani xabar berilgan edi

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+