11 974.020 so‘m

decrease

-20.080

13 432.460 so‘m

increase

12.260

144.580 so‘m

decrease

-1.210

11 974.020 so‘m

decrease

-20.080

Yaqin 3 soat ichida
Texnologiya
26

Toshkent aeroportida smartfonlarni rasmiylashtirishga qoʻyilgan cheklov bekor qilindi

Bugundan xorijdan olib kelinayotgan telefonlar yana odatdagi tartibda bojxonadan oʻtkazilmoqda. Vaqtincha olib qolingan bir necha yuzta qurilmani egalariga qaytarish boshlandi.

Toshkent aeroportida smartfonlarni rasmiylashtirishga qoʻyilgan cheklov bekor qilindi

Bu haqda Bojxona qoʻmitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev Kontent markazida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi. Uning aytishicha, Toshkent xalqaro aeroportida UzIMEI mutaxassislari doimiy ishlay boshladi. 

Ular zarurat boʻlganda bojxona xodimlariga IMEI kodi haqiqiyligini, qaysi qurilmaga tegishli ekanini va mobil tarmoqda avval qayd etilgan-etilmaganini aniqlashda yordam beradi

Qoʻmita bir kun avval IMEI kodlarini tekshirish tartibiga aniqlik kiritilguniga qadar rasmiylashtirishni vaqtincha toʻxtatganini bildirgan edi. Idora buni qimmat smartfonlarni arzon qurilma sifatida deklaratsiya qilish va IMEI kodlarini almashtirish holatlari bilan izohladi. Bojxona qoʻmitasining 10 noyabrdagi bayonoti

Bojxona qoʻmitasi majburiy 30 kunlik saqlov va tezlashtirilgan rasmiylashtirish uchun qoʻshimcha toʻlov joriy etilganini rad etgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+