Timur Ishmetov Markaziy bank raisi etib tayinlandi
Ishmetov avval ham ushbu tizimda, Markaziy bank raisi birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi Prezident taqdimnomasiga muvofiq, Timur Ishmetovni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Timur Amindjanovich Ishmetov 1979 yil Toshkent shahrida tugʻilgan. 2000 yilda Toshkent moliya institutining Moliya va kredit fakultetini tamomlagan. 2008 yilda Buyuk Britaniyaning Birmingem universitetining Xalqaro pul va bank sohasida magistr darajasini olgan. 2005 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Kasbiy faoliyati:
- 2000—2001: Markaziy bank valyuta operatsiyalari boʻlimi yetakchi iqtisodchisi 
- 2001—2004: Valyuta ayirboshlash va tashqi aloqalar boʻlimi boshligʻi 
- 2004—2009: Xalqaro zaxiralarni boshqarish boʻlimi boshligʻi 
- 2009—2010: Ichki bozor operatsiyalari departamenti direktori 
- 2010—2017: Valyutani tartibga solish va nazorat qilish departamenti direktori 
- 2017: Davlat investitsiya qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari 
- 2017—2019: Markaziy bank raisi birinchi oʻrinbosari 
- 2019—2020: Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari 
- 2020—2022: Moliya vaziri 
- 2022—2024: Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari. 
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Mamarizo Nurmuratov Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etilgani maʼlum qilingan edi.









