12 065.490 so‘m

decrease

-27.380

13 754.660 so‘m

decrease

-69.910

155.660 so‘m

decrease

-1.470

12 065.490 so‘m

decrease

-27.380

4 soat avval
Texnologiya
75

Telegram’da maqola yozish uchun matn muharriri va “Hamjamiyatlar” funksiyasi paydo boʻldi

Telegram yangi yangilanishda kengaytirilgan matn muharriri va bir nechta kanal hamda guruhni yagona tuzilmaga birlashtiruvchi “Hamjamiyatlar” funksiyasini taqdim etdi. Shuningdek, botlarning faqat muayyan foydalanuvchiga koʻrinadigan xabarlari hamda 350 milliondan ortiq GIF orasidan maxfiy qidiruv imkoniyati qoʻshildi.

Telegram’da maqola yozish uchun matn muharriri va “Hamjamiyatlar” funksiyasi paydo boʻldi

Telegram 14-iyul kuni messenjerning navbatdagi yirik yangilanishini taqdim etdi.

Kengaytirilgan matn muharriri

Yangilanishdagi asosiy oʻzgarishlardan biri blog, maqola va uzun postlar yozishga moʻljallangan kengaytirilgan matn muharriri boʻldi.

Muharrir orqali xabarlarga sarlavhalar, jadvallar, raqamlangan va belgili roʻyxatlar, iqtiboslar, kod bloklari, shuningdek, matn orasiga surat va videolar qoʻshish mumkin.

Muharrir mobil qurilmalar va kompyuterlar uchun moslashtirilgan vizual interfeysga ega. Bitta xabarda 32 768 tagacha belgi yuborish mumkin.

Shuningdek, Cocoon platformasi asosida ishlaydigan sunʼiy intellekt vositalari yordamida matn, formula va jadvallar yaratish imkoniyati ham qoʻshilgan. Telegram ushbu vositalardan foydalanishda foydalanuvchi maxfiyligi saqlanishini taʼkidlamoqda.

Kengaytirilgan matn muharriri hozircha faqat Telegram Premium foydalanuvchilari uchun mavjud.

Bir nechta kanal va guruhni birlashtiruvchi “Hamjamiyatlar”

Telegram’da umumiy mavzudagi bir nechta guruh, kanal va botni bitta “Hamjamiyat” tarkibida birlashtirish mumkin boʻldi.

Hamjamiyat aʼzolari uning tarkibidagi boshqa chatlarni koʻrishi va ularga alohida taklif havolasisiz qoʻshilishi mumkin. Chatlar barcha aʼzolarga ochiq yoki faqat administratorlar hamda oʻsha chat aʼzolariga koʻrinadigan yopiq shaklda tashkil etilishi mumkin.

Hamjamiyat tarkibidagi chatlarni asosiy roʻyxatda alohida-alohida koʻrsatish yoki ochilganda kengayadigan bitta umumiy band ichiga joylashtirish mumkin. Bu chatlar roʻyxatida joyni tejash imkonini beradi.

Odatiy sozlamalarda hamjamiyatning istalgan aʼzosi unga yangi chat qoʻsha oladi. Administratorlar ushbu imkoniyatni cheklashi mumkin. Bunday holatda aʼzolar qoʻshmoqchi boʻlgan chatlar toʻgʻridan-toʻgʻri biriktirilmaydi, balki administratorlarga taklif sifatida yuboriladi.

Guruhlarda faqat bitta foydalanuvchiga koʻrinadigan bot xabarlari

Telegram guruhlaridagi botlar endi faqat muayyan foydalanuvchiga koʻrinadigan vaqtinchalik xabarlarni yubora oladi. Bu imkoniyat avvalroq taqdim etilgan “mehmon bot” rejimining davomi hisoblanadi.

Botlar salomlashuv xabarlari, shaxsiy AI xulosalari, xatolar haqidagi ogohlantirishlar, tasdiqlash xabarlari va tugmalardan iborat menyularni boshqalarga koʻrsatmasdan yuborishi mumkin.

Bunday xabarlar bot tomonidan istalgan vaqtda yoki foydalanuvchining maxsus buyrugʻiga javoban yuborilishi mumkin. Tegishli buyruqlar bot menyusida maxsus belgi bilan ajratib koʻrsatiladi.

Botning javobi faqat uni yuborgan bot va buyruqdan foydalangan shaxsga koʻrinadi. Shu tariqa individual AI xulosalari yoki bot bildirishnomalari guruhdagi umumiy yozishmalarni toʻldirib tashlamaydi.

350 milliondan ortiq GIF orasidan qidiruv

Yangilanish doirasida GIF panelidagi qidiruv tizimi ham yangilandi. Endi Telegram orqali 36 tildagi 350 milliondan ortiq GIF orasidan qidirish mumkin.

Qidiruv Telegram uchun optimallashtirilgan, yuqori sifatli GIF fayllarni tezroq topish imkonini beradi. Tizim keng tarqalgan va ochiq manbalarda mavjud GIF fayllarni Cocoon’dagi ochiq kodli sunʼiy intellekt modellari yordamida oflayn indekslash asosida ishlaydi.

Telegram’ga koʻra, GIF qidiruvlari uchinchi tomon xizmatlariga uzatilmaydi, toʻliq maxfiy amalga oshiriladi va avvalgiga nisbatan tezroq ishlaydi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+