12 081.630 so‘m

decrease

-20.760

13 837.090 so‘m

decrease

-153.270

150.440 so‘m

decrease

-2.640

12 081.630 so‘m

decrease

-20.760

12 soat avval
Texnologiya
50

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi sunʼiy intellektni yaratish, joriy etish va undan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. 

Hujjatda AI tizimlaridan foydalanishda qonuniylik, shaffoflik, maʼlumotlar himoyasi va kamsitishga yoʻl qoʻymaslik kabi tamoyillar belgilangan. 

Shuningdek, inson huquqlari bilan bogʻliq muhim qarorlarni qabul qilishda faqat sunʼiy intellekt xulosalariga tayanishga yoʻl qoʻyilmasligi qayd etilgan.

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Foto: AI/Pinkod.uz

Adliya vazirligi sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy etish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami 3787, 2026 yil 14 mart).

Mazkur hujjat sunʼiy intellekt texnologiyalari va tizimlaridan foydalanishda amal qilinishi lozim boʻlgan asosiy etika tamoyillarini belgilaydi. Unga koʻra, quyidagi prinsiplar ustuvor hisoblanadi:

  • qonuniylik;
  • shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari hamda atrof-muhitni himoya qilish ustuvorligi;
  • tushunarlilik;
  • masʼuliyat, javobgarlik va nazorat;
  • adolatlilik hamda kamsitishga yoʻl qoʻymaslik;
  • ochiqlik va shaffoflik;
  • maʼlumotlar himoyasi;
  • ishonchlilik va xavfsizlik.

Qoidalarga muvofiq, inson huquq va erkinliklariga taalluqli yuridik ahamiyatga ega qarorlar qabul qilishda faqat sunʼiy intellekt tizimlari xulosalariga tayanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Shuningdek, sogʻliqni saqlash sohasida, jumladan kasalliklarni tashxislash yoki davolash usullarini belgilashda ham bunday qarorlar faqat sunʼiy intellektga asoslanib qabul qilinmasligi kerak.

Sunʼiy intellekt texnologiyalari va tizimlarini ishlab chiquvchilar hamda ularni joriy etuvchi foydalanuvchilar ushbu texnologiyalardan foydalanish shartlari haqida foydalanuvchilarni xabardor qilishi lozim. Jumladan:

  • sunʼiy intellektdan qanday maqsadlarda foydalanish mumkinligi yoki taqiqlanishi;
  • sunʼiy intellektga asoslangan qarorlar har doim ham mutlaq toʻgʻri boʻlmasligi;
  • uning natijalaridan asosan tavsiyaviy yoki maʼlumot xarakterida foydalanish mumkinligi haqida tushuntirish berilishi kerak.

Shuningdek, hujjatda sunʼiy intellekt bilan bogʻliq jarayonlarda ishtirok etuvchi subʼektlarning huquq va majburiyatlari ham belgilab qoʻyilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+