11 974.020 so‘m

decrease

-20.080

13 432.460 so‘m

increase

12.260

144.580 so‘m

decrease

-1.210

11 974.020 so‘m

decrease

-20.080

Yaqin 3 soat ichida
Iqtisodiyot
23

Sugʻurta kompaniyalari toʻqqiz oyda qancha sof foyda oldi?

Oʻzbekistondagi sugʻurta kompaniyalarining 2026 yilning 9 oyidagi sof foydasi jami sof foydasi 788,9 mlrd soʻmga yetib, bir yilda 54,8 foizga oshdi. 

APEX Insurance va Euroasia Insurance birgalikda sektor umumiy natijasining 44,5 foizini taʼminladi. 

Ayni paytda, toʻrtta kompaniya toʻqqiz oyni jami 14,6 mlrd soʻm zarar bilan yakunladi. 

Pinkod moliyaviy hisobotlar asosida sugʻurta kompaniyalarining moliyaviy natijalarini oʻrganib chiqdi.

Sugʻurta kompaniyalari toʻqqiz oyda qancha sof foyda oldi?

Pinkod moliyaviy hisobotlar asosida sugʻurta kompaniyalarining 2026 yil toʻqqiz oyidagi sof natijalarini oʻrganib chiqdi.

Hisobot taqdim etgan 37 ta tashkilotning 33 tasi jami 803,5 mlrd soʻm sof foyda oldi. Zarar bilan ishlagan toʻrtta kompaniyaning umumiy salbiy natijasi 14,6 mlrd soʻmni tashkil etdi. Natijada sektorning jami sof foydasi oʻtgan yilning mos davridagi 509,8 mlrd soʻmdan 788,9 mlrd soʻmga yetdi.

Bozordagi foydaning katta qismi yirik kompaniyalar hissasiga toʻgʻri kelmoqda. APEX Insurance va Euroasia Insurance birgalikda 351,4 mlrd soʻm foyda olgan. Biroq ularning jami natijadagi ulushi birinchi yarim yillikdagi 51,2 foizdan 44,5 foizga tushgan.

25 mlrd soʻmdan koʻp foyda olganlar

KompaniyaSof foydaYillik oʻzgarish
APEX Insurance208,8 mlrd soʻm+2,6%
Euroasia Insurance142,6 mlrd soʻm+280,3%
“Oʻzbekinvest”57,4 mlrd soʻm+26,8%
TBC Sug‘urta42 mlrd soʻm+203,2%
Mosaic Insurance Group38,9 mlrd soʻm+39,4%
Gross sugʻurta33,3 mlrd soʻm+376,5%
“Kafolat sugʻurta”28,8 mlrd soʻm+90,9%
“Imkon-Sugʻurta”26,1 mlrd soʻm+328,9%

Ushbu sakkizta kompaniya toʻqqiz oyda jami 577,9 mlrd soʻm sof foyda olgan. Bu sektorning umumiy sof natijasining 73,3 foiziga teng.

APEX Insurance bozordagi yetakchilikni saqlab qoldi. Kompaniyaning 208,8 mlrd soʻmlik foydasi sektor jami sof natijasining 26,5 foizini tashkil etdi. Biroq yillik oʻsish 2,6 foiz boʻlib, ushbu guruhdagi eng past koʻrsatkich qayd etildi.

Eng katta mutlaq oʻsish Euroasia Insurance’da kuzatildi. Kompaniya sof foydasini 105,1 mlrd soʻmga oshirib, 142,6 mlrd soʻmga yetkazgan.

TBC Sug‘urta foydasini 13,8 mlrd soʻmdan 42 mlrd soʻmga yetkazib, Mosaic Insurance Group’ni ortda qoldirdi va toʻqqiz oy yakuni boʻyicha toʻrtinchi oʻringa koʻtarildi.

10 mlrddan 25 mlrd soʻmgacha foyda olganlar

KompaniyaSof foydaYillik oʻzgarish
“Xalq Sugʻurta”24,4 mlrd soʻm+240,6%
“Temiryoʻl-Sugʻurta”22,9 mlrd soʻm+557,8%
“Kafil-Sugʻurta”22,7 mlrd soʻm+50,9%
Infinity Insurance21,4 mlrd soʻm+426,3%
Quantum Insurance20,2 mlrd soʻm+247,6%
“Hamkor Sugʻurta”18,5 mlrd soʻm−1,5%
SQB Insurance18,4 mlrd soʻm+6,6%
Neo Insurance14 mlrd soʻm+1 432,4%
Aria Sug‘urta10,5 mlrd soʻm+184,2%
Oʻzbekiston qayta sugʻurta kompaniyasi10,1 mlrd soʻm+2 204,5%

Mutlaq hisobda “Temiryoʻl-Sugʻurta” foydasini 19,4 mlrd soʻmga, Infinity Insurance 17,3 mlrd soʻmga, “Xalq Sugʻurta” esa 17,2 mlrd soʻmga oshirgan.

Ayni paytda, “Hamkor Sugʻurta”ning sof foydasi 18,8 mlrd soʻmdan 18,5 mlrd soʻmga kamaygan. SQB Insurance’da esa foyda 6,6 foizga oʻsib, 18,4 mlrd soʻmga yetgan.

1 mlrddan 10 mlrd soʻmgacha foyda olganlar

KompaniyaSof foydaYillik oʻzgarish
My Insurance8,8 mlrd soʻm−64,1%
Alfa Invest5,9 mlrd soʻm−78,2%
Semurg Insurance5,3 mlrd soʻm+5 939,3%
O‘zbekinvest Hayot3,7 mlrd soʻm+57,9%
“Oʻzagrosugʻurta”3,7 mlrd soʻm−81,8%
Apex Life Insurance3,2 mlrd soʻm+2 049,6%
“Kapital Sugʻurta”3,1 mlrd soʻmzarardan foydaga
Kafolat Hayot Insurance3,1 mlrd soʻm+278%
INSON2,4 mlrd soʻm+18%
Impex-Insurance1,1 mlrd soʻm−78,8%

Ushbu guruhda Semurg Insurance eng katta nisbiy oʻsishni qayd etdi. Kompaniya foydasini 87,3 mln soʻmdan 5,3 mlrd soʻmga yetkazgan. Apex Life Insurance natijasi esa 147,1 mln soʻmdan 3,2 mlrd soʻmga oshgan.

Ayni paytda, My Insurance foydasi 24,6 mlrd soʻmdan 8,8 mlrd soʻmga, Alfa Invest’niki 26,9 mlrd soʻmdan 5,9 mlrd soʻmga kamaygan. “Oʻzagrosugʻurta”da ham sof foyda 20,2 mlrd soʻmdan 3,7 mlrd soʻmga tushgan.

“Kapital Sugʻurta” oʻtgan yilning toʻqqiz oyidagi 1,5 mlrd soʻmlik zararni joriy yilda 3,1 mlrd soʻmlik foydaga aylantirgan.

1 mlrd soʻmdan kam foyda olganlar

KompaniyaSof foydaYillik oʻzgarish
Alfa Life Insurance949,7 mln soʻm−42%
IShONCh sugʻurta900 mln soʻm−1,3%
Alskom Sug‘urta209,6 mln soʻm−98,5%
Trust Insurance183,8 mln soʻmzarardan foydaga
Agros Hayot65,4 mln soʻm−52,9%

Alskom Sug‘urta foydasi 14 mlrd soʻmdan 209,6 mln soʻmgacha qisqargan. Shunga qaramay, kompaniya birinchi yarim yillikdagi 2,2 mlrd soʻmlik zarardan toʻqqiz oy yakunida foydaga chiqdi.

Trust Insurance ham oʻtgan yilning mos davridagi 766,2 mln soʻmlik zarar oʻrniga 183,8 mln soʻm sof foyda qayd etgan.

Zarar bilan yakunlaganlar

KompaniyaSof natijaOʻzgarish
Prestige Insurance−10,2 mlrd soʻmzarar yuzaga kelgan
Asia Insurance−3,9 mlrd soʻmzarar 79,9% kamaygan
“Farovon Sugʻurta”−454,6 mln soʻmzarar 8,5% oshgan
Euroasia Life Insurance−83,4 mln soʻmzarar 71,9% kamaygan

Eng katta zarar Prestige Insurance’da qayd etildi. Kompaniyaning zarari birinchi yarim yillikdagi 5,6 mlrd soʻmdan toʻqqiz oy yakunida 10,2 mlrd soʻmga yetgan. Demak, faqat uchinchi chorakning oʻzida yana 4,6 mlrd soʻm salbiy natija shakllangan.

Asia Insurance oʻtgan yilgi 19,3 mlrd soʻmlik zararni 3,9 mlrd soʻmgacha qisqartirgan. Biroq kompaniya 2026 yil birinchi yarim yilligini 49,7 mln soʻm foyda bilan yakunlaganidan keyin uchinchi chorakda yana zararga oʻtdi.

“Farovon Sugʻurta”da ham shunday oʻzgarish kuzatildi. Kompaniya birinchi yarim yillikda 225,1 mln soʻm foyda olgan boʻlsa, toʻqqiz oy yakunida 454,6 mln soʻm zarar qayd etgan.

Izoh: yillik oʻzgarishlar kompaniyalarning 2026 yilgi hisobotlarida qayta koʻrsatilgan 2025 yilning mos davri raqamlari asosida hisoblandi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+