12 705.790 so‘m

increase

59.230

14 704.410 so‘m

increase

243.070

159.200 so‘m

decrease

-1.680

12 705.790 so‘m

increase

59.230

18 soat avval
Bank

Sud Humans’ga Octobank oldidagi qarzdorlikni qoplash majburiyatini yuklatdi

Eslatib oʻtamiz, Octobank 13 iyun soat 18:00 dan boshlab Humans kartalariga xizmat koʻrsatishni rasman toʻxtatgan.

Sud Humans’ga Octobank oldidagi qarzdorlikni qoplash majburiyatini yuklatdi
Foto: AI / Pinkod.uz

13 iyun kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida Octobank AJ hamda Humans MChJ oʻrtasidagi iqtisodiy nizo boʻyicha sud majlisi boʻlib oʻtdi. 

Sud Humans MChJning shartnomaviy majburiyatlarini rasman tasdiqladi va unga bank oldidagi qarzdorlikni toʻliq qoplash yuklatildi.

Octobank qabul qilingan sud qarorini qonuniy himoya strategiyasining bir qismi sifatida baholab, barcha hamkorlar bilan ochiq va shaffof hamkorlik qilishga tayyorligini maʼlum qildi.

Maʼlumot uchun 11 iyun kungi xabarda daʼvo miqdori 500 mlrd soʻm ekanligi taʼkidlangan. 

Bank, shuningdek, Humans kartalariga xizmat koʻrsatish 13 iyun kuni soat 18:00 dan boshlab toʻxtatilganini maʼlum qildi. Bu chora Octobank tomonidan 11 iyun kuni eʼlon qilingan edi.

Bankning rasmiy bayonotida taʼkidlanishicha, mazkur qaror Humans MChJ tomonidan shartnoma shartlarining muntazam ravishda buzilishi, yaʼni koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz vaqtida toʻlov amalga oshirilmagani hamda moliyaviy majburiyatlarni inkor etish holatlari ortidan qabul qilingan.

Shu munosabat bilan, Humans kobrend kartalaridagi barcha pul mablagʻlari Humans MChJning moliyaviy servislaridagi mijozlarga tegishli shaxsiy hisoblarga oʻtkaziladi.

Bu mablagʻlar bilan bogʻliq barcha operatsiyalar va qoldiqlar endi faqat Human MChJ hisobvaragʻida yuritiladi.

Mijozlar oʻz mablagʻlarini qaytarib olish zaruriyati tugʻilganda, toʻgʻridan-toʻgʻri Humans MChJga murojaat qilishlari kerak boʻladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+