SQB 2026 yil birinchi choragida 550 mlrd soʻm sof foyda oldi
“Oʻzsanoatqurilishbank” 2026 yilning birinchi choragi yakunlari boʻyicha 550 mlrd soʻm sof foyda qayd etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 36,2 foizga yuqori.

“Oʻzsanoatqurilishbank” 2026 yilning yanvar–mart oylari yakunlari boʻyicha moliyaviy hisobotini eʼlon qildi.
Unga koʻra, bank birinchi chorakda 550,04 mlrd soʻm sof foyda qayd etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 146,1 mlrd soʻmga yoki 36,2 foizga koʻproq. Taqqoslash uchun, 2025 yilning birinchi choragida bank 404 mlrd soʻm sof foyda olgan edi.
Bankning jami aktivlari 104,45 trillion soʻmni tashkil qilmoqda.
Hisobot davrida bankning jami daromadlari 3,6 trillion soʻmga yetgan. Shundan foizsiz daromadlar 3,45 trillion soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 74,3 foizga oshgan.
Bankning foizli daromadlari esa 2,7 trillion soʻmni tashkil qilgan.
Birinchi chorak davomida bank xodimlarga 266,2 mlrd soʻm ish haqi toʻlagan. Bu summa bankning 495,8 mlrd soʻmlik operatsion xarajatlarining 48,4 foizini tashkil etadi. Hisobot davrida bank tomonidan









