12 320.340 so‘m

increase

17.180

14 614.390 so‘m

increase

106.500

159.360 so‘m

decrease

-0.400

12 320.340 so‘m

increase

17.180

43 daqiqa avval
Iqtisodiyot
41

Sohibjon Murodov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi

Prezident qarori bilan Sohibjon Murodov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi. Agentlikning avvalgi rahbari Akmalxon Ortikov yanvar oyida korrupsiya bilan bogʻliq tekshiruvlar ortidan lavozimidan ozod etilgan edi.

Sohibjon Murodov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi
Foto: AI/Pinkod.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (Davaktiv) yangi direktor tayinladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi

Prezident qarori bilan Murodov Sohibjon Gʻofurjonovich Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Davaktiv) direktori lavozimiga tayinlandi.

Sohibjon Murodov 1987 yilda tugʻilgan, oliy maʼlumotli. U Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutini hamda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Rakat filialida jamgʻarma kassa kassiri lavozimida boshlagan. 2013–2017 yillarda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasida turli lavozimlarda ishlagan.

2017–2021 yillar davomida Hisob palatasida yetakchi inspektor va bosh inspektor lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2021 yildan buyon “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” AJ direktori sifatida ishlab kelayotgan edi.

Yanvar oyi oxirida Davaktivning avvalgi rahbari Akmalxon Ortikov keng koʻlamli tekshiruvlar natijasida aniqlangan korrupsiya va talon-toroj holatlari sabab lavozimidan ozod etilgandi.

Xususan, Davaktiv mansabdor shaxslari bozor qiymati kamida 250 mlrd soʻm boʻlgan yer uchastkasini yopiq auksionga qoʻyib, uni 120 mlrd soʻmga sotgan.

PressUzb maʼlumotlariga koʻra, Akmalxon Ortikov qamoqqa olingan. Xabarga koʻra, tergovni Davlat xavfsizlik xizmati olib bormoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+