11 987.160 so‘m

increase

13.680

13 393.250 so‘m

decrease

-43.390

146.290 so‘m

decrease

-0.300

11 987.160 so‘m

increase

13.680

Yaqin 3 soat ichida
Work&life
15

Shveysariya Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

Shveysariya Alisher Usmonovga qarshi 2022 yildan beri amal qilgan sanksiyalarni bekor qildi. Qaror 4 noyabrda kuchga kirgan boʻlib, Yevropa Ittifoqining sentabrdagi shunday qaroridan qariyb olti hafta oʻtib qabul qilindi. 

Shveysariya Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

Shveysariya Alisher Usmonovni sanksiyalar roʻyxatidan chiqardi. 2022 yildan beri amal qilgan cheklovlar 4 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:00 da bekor boʻldi. Yevropa Ittifoqi ham sentabr oyida milliarderga nisbatan shunday qaror qabul qilgan edi.

Finews nashrining yangilangan hujjatlarga tayanib yozishicha, Usmonov bilan birga rossiyalik milliarder Mixail Fridman ham roʻyxatdan chiqarilgan. Shveysariya hukumati jami olti nafar shaxs va bitta kompaniyaga nisbatan cheklovlarni bekor qilganini maʼlum qildi.

Usmonov Shveysariya sanksiyalariga 2022 yil 4 martda kiritilgan. Endilikda Bern Yevropa Ittifoqi Kengashining 2026 yil 22-sentabrdagi qaroriga muvofiq, uni roʻyxatdan chiqardi. YI hujjatida Usmonov va Fridmanga oid yozuvlarni oʻchirish belgilangan.

Shu bilan birga, Shveysariya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Yana 254 nafar shaxs, kompaniya va tashkilotga aktivlarni muzlatish hamda iqtisodiy resurslar taqdim etishni taqiqlash choralari qoʻllandi.

Avvalroq Pinkod Usmonov Germaniya sudida Yevropa Ittifoqi Kengashiga qarshi daʼvosi boʻyicha muhim huquqiy gʻalabaga erishgani haqida yozgandi. Germaniya Federal oliy sudi 21-oktabrda daʼvo hujjatlarini Kengashga rasman yetkazishga toʻsqinlik qilinganini noqonuniy deb topgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+