12 009.290 so‘m

decrease

-4.230

13 699.000 so‘m

increase

49.240

154.740 so‘m

decrease

-5.210

12 009.290 so‘m

decrease

-4.230

Yaqin 34 daqiqa ichida
Iqtisodiyot
34

Roʻyxatga olish natijasi: Oʻzbekiston aholisi 39 milliondan oshdi

2026 yilgi aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga koʻra, Oʻzbekiston aholisi 39 mln 47 ming 321 nafarni tashkil etdi. Bu joriy statistik hisob-kitoblardagi koʻrsatkichdan 810,6 ming nafarga koʻp.

Roʻyxatga olish natijasi: Oʻzbekiston aholisi 39 milliondan oshdi

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qilishicha, roʻyxatga olish maʼlumotlari 2026 yil 15 yanvar holatiga shakllantirilgan. Unga koʻra, mamlakat aholisi soni 39 047 321 nafarga yetgan.

Joriy statistik hisob-kitoblarda esa 2026 yil boshida Oʻzbekistonning doimiy aholisi 38 236 704 nafar deb baholangan edi. Ikki koʻrsatkich oʻrtasidagi farq 810 617 nafar yoki qariyb 2,1 foizni tashkil etdi.

Shu tariqa, roʻyxatga olish natijasida mamlakat aholisi amaldagi joriy hisobdan sezilarli darajada koʻp ekani maʼlum boʻldi. Bu doimiy yashash joyini oʻzgartirganlar, ichki va tashqi migratsiya hamda avvalgi hisob-kitoblarda toʻliq aks etmagan aholi qatlamlari boʻyicha maʼlumotlarni aniqlash imkonini beradi.

Oʻzbekistonda bunga qadar soʻnggi aholini roʻyxatga olish 1989 yilda oʻtkazilgan edi. Yangi natijalarga koʻra, oʻtgan davrda mamlakat aholisi qariyb ikki barobarga koʻpaygan. 2026 yilgi tadbir mustaqillik yillarida oʻtkazilgan birinchi umummilliy aholi roʻyxati boʻldi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, roʻyxatga olish jarayonida aholining 97,3 foizi qamrab olingan. Qolgan 2,7 foiz aholi turli sabablarga koʻra tadbirda bevosita ishtirok etmagan.

Shuningdek, Oʻzbekistonda bir yildan ortiq muddat yashayotgan 56 860 nafar xorijiy fuqaro roʻyxatga olingan. Ularning 19,3 ming nafari Toshkent shahrida istiqomat qiladi. Xorijiy fuqarolar orasida Hindiston, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston va Turkmaniston fuqarolari koʻpchilikni tashkil etgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, bir nafar aholini roʻyxatga olish uchun oʻrtacha 0,12 dollar sarflangan. Roʻyxatga olishning toʻliq qayta ishlangan va yakuniy rasmiy natijalarini 2027 yil 1 iyulga qadar eʼlon qilish rejalashtirilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+