12 011.650 so‘m

increase

48.490

13 462.660 so‘m

increase

72.300

143.170 so‘m

increase

0.840

12 011.650 so‘m

increase

48.490

1 soat avval
Iqtisodiyot
42

Raqobat qoʻmitasi taksi narxlarining bir necha barobar oshishini oʻrganmoqda

Raqobat qoʻmitasi taksi agregatorlarida narxlar oshishining asosliligi va insofsiz raqobat alomatlarini oʻrganishni boshladi. 

Bunga texnik nosozliklar fonida tigʻiz vaqtlarda yoʻl haqining bir necha barobargacha qimmatlashgani sabab boʻlgan. 

Agregatorlardan narx shakllantirish algoritmlarini qayta koʻrib chiqish hamda haydovchilarning toʻlov va bloklanish bilan bogʻliq muammolarini hal qilish soʻralgan.

Raqobat qoʻmitasi taksi narxlarining bir necha barobar oshishini oʻrganmoqda

Raqobat qoʻmitasi taksi agregatorlarida xizmat narxlarining oshishi va insofsiz raqobat alomatlari yuzasidan oʻrganish boshladi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, soʻnggi kunlarda yirik taksi agregatorlari faoliyatida texnik nosozliklar kuzatilgan. Buning ortidan raqobatchi platformalarda ham tigʻiz vaqtlarda taksi narxlari bir necha barobargacha oshgan va jamoatchilik eʼtirozlariga sabab boʻlgan.

Oʻrganish davomida narxlar oshirilishining asosliligi hamda raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishiga eʼtibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan qoʻmita agregatorlardan dasturdagi narxlarni shakllantiruvchi algoritm sozlamalarini qayta koʻrib chiqish, yoʻl haqining keskin va sunʼiy oshishining oldini olish choralarini koʻrishni soʻragan.

Haydovchilar bilan hisob-kitoblarga oid muammolarni ham bartaraf etish lozimligi bildirilgan. Xususan, agregatorlardan:

  • haydovchilarning mablagʻlarini oʻz hisoblariga oʻtkazishdagi nosozliklarni bartaraf etish;
  • asossiz bloklangan haydovchilarni blokdan chiqarish;
  • bajarilgan buyurtmalar uchun toʻlanishi koʻzda tutilgan barcha bonuslarni qayta hisoblab, toʻlab berish;
  • haydovchilar va isteʼmolchilar uchun texnik yordam markazlarining sutka davomida uzluksiz ishlashini taʼminlash soʻralgan.

Bundan tashqari, qoʻmita agregatorlarni raqobatchilarga nisbatan insofsiz raqobat harakatlariga yoʻl qoʻymaslikka chaqirgan.

Qoʻmita raqobat qonunchiligi yoki isteʼmolchilar huquqlari buzilgani aniqlansa, belgilangan tartibda tekshirish oʻtkazilishi va tegishli choralar koʻrilishini bildirgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+