11 969.660 so‘m

decrease

-32.050

13 927.900 so‘m

decrease

-56.490

152.560 so‘m

decrease

-0.310

11 969.660 so‘m

decrease

-32.050

07-mart, 2025
Bank
589

Raqobat qoʻmitasi bir necha banklar va mikromoliya tashkilotiga nisbatan ish ochdi

Tashkilotlar reklama qonunchiligini buzishgani aytilmoqda.

Raqobat qoʻmitasi bir necha banklar va mikromoliya tashkilotiga nisbatan ish ochdi
Foto: Storyblocks

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan 2 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan ish qoʻzgʻatildi. Bu haqida qoʻmita rasmiy sahifalaridan birida xabar berildi

Qoʻmita vakolat doirasida ommaviy axborot vositalarida — televideniye, radio, bosma nashrlar, internet va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan reklama axborotlarini tahlil qilish va ularning reklama hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshirib bormoqda.

Oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra, “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun talablarini buzish alomatlari aniqlangan. Shu sababli maxsus komissiya tomonidan quyidagi moliya tashkilotlariga nisbatan ish qoʻzgʻatildi:

Banklar: “Tenge Bank” ATB, “Agrobank” ATB

Mikromoliya tashkilotlari: “Ipoteka Xizmati Group” MChJ, “Tasfinance Mikromoliya Tashkiloti” MChJ

Qoʻmita mazkur ishlar belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi va natijalar boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot taqdim etilishini maʼlum qildi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+