12 109.020 so‘m

increase

75.740

14 139.700 so‘m

increase

78.810

150.310 so‘m

increase

1.010

12 109.020 so‘m

increase

75.740

2 kun avval
FinLit
110

Qanday qilib oʻz nomiga kredit olishni taqiqlash mumkin?

2025 yil iyunidan buyon Oʻzbekistonda 440 mingga yaqin fuqaro oʻz nomiga kredit rasmiylashtirilishini taqiqladi. Pinkod ushbu mexanizm qanday ishlashi va undan qanday foydalanish boʻyicha qoʻllanma tayyorladi.

Qanday qilib oʻz nomiga kredit olishni taqiqlash mumkin?
Foto: AI/Pinkod.uz

2025 yil 6 iyundan boshlab Oʻzbekistonda jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kredit bitimi tuzish taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritish yoki undan chiqarish xizmati ishga tushirildi. Ushbu mexanizm qisqa vaqt ichida aholining katta qiziqishiga sabab boʻldi.

2026 yil 1 yanvar holatiga koʻra, 438 322 nafar fuqaro oʻz nomiga kredit rasmiylashtirilishini ixtiyoriy ravishda taqiqlagan.

Pinkod ushbu xizmatdan qanday foydalanish boʻyicha qoʻllanma tayyorladi.


Nega kredit olishni taqiqlash kerak boʻlishi mumkin?

Soʻnggi yillarda mamlakatda kiberjinoyatlar soni keskin oshdi. Xususan, 2021–2025 yillar oraligʻida Oʻzbekistonda kiberjinoyatlar soni 11 baravarga — 4 865 tadan 62 440 tagacha koʻpaygan.

Natijada fuqarolarga 3 trln 730 mlrd soʻm zarar yetkazilgan. Shundan 1 trln 890 mlrd soʻmi faqatgina 2025 yilning 11 oyi hissasiga toʻgʻri keladi.

Koʻplab holatlarda firibgarlar fuqaroning shaxsiy maʼlumotlarini qoʻlga kiritib, uning nomiga kredit rasmiylashtiradi. Kredit olishni taqiqlash esa bunday xavflarning oldini olishga yordam beradi.


Bu qanday himoya qiladi?

Agar fuqaro “Kredit olishni cheklash” xizmatini yoqsa, uning maʼlumotlari “Kredit bitimi tuzish taqiqlangan shaxslar reyestri”ga kiritiladi.

Bu reyestr barcha banklar, mikromoliya tashkilotlari, lombardlar uchun “qizil chiroq” vazifasini bajaradi.

Yaʼni, kimdir fuqaro nomiga kredit rasmiylashtirmoqchi boʻlsa, tizim avtomatik tarzda rad etadi.


Taqiq kiritish usullari

Fuqarolar quyidagi usullardan birini tanlashi mumkin:

  • my.gov.uz — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali;
  • Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan murojaat qilish orqali;
  • “KATM” mobil ilovasi orqali;
  • portal.infokredit.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali.

Qulaylik uchun havolalar:
https://portal.infokredit.uz/login
https://my.gov.uz/uz/service/1242 


Eng tez va qulay usul — my.gov.uz orqali

Bu eng ishonchli va tezkor variant hisoblanadi:

  1. my.gov.uz saytiga kiring;
  2. OneID orqali tizimga kiring;
  3. Qidiruv oynasiga “Kredit bitimi tuzishni taqiqlash” deb yozing;
  4. Kredit bitimini tuzishga taqiq qoʻyish yoki taqiqni olib tashlash” xizmatini tanlang;
  5. Arizani tasdiqlang.

Koʻp beriladigan savollar

Kredit olishga taqiq qoʻysam, kredit tarixim buziladimi?

Yoʻq. Ushbu reyestr qora roʻyxat emas. Kredit tarixi faqat mavjud kreditlar boʻyicha toʻlovlarni kechiktirganda yoki majburiyatlar buzilganda yomonlashadi.

Agar keyinchalik kredit kerak boʻlib qolsa-chi?

Muammo yoʻq. my.gov.uz orqali kirib, “Taqiqni olib tashlash” tugmasini bosasiz. Taqiq yechilgach, kredit yoki boʻlib toʻlash (rassrochka) imkoniyati ochiladi. Ishingiz bitgach, taqiqni qayta yoqish tavsiya etiladi.

Bu mavjud kreditlarimga taʼsir qiladimi?

Yoʻq. Agar sizda hozir toʻlab borilayotgan kreditlar boʻlsa, taqiq ularga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi. U faqat yangi kredit arizalariga nisbatan amal qiladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+