11 846.570 so‘m

increase

37.380

13 240.910 so‘m

increase

34.690

138.950 so‘m

increase

0.800

11 846.570 so‘m

increase

37.380

1 соат аввал
Bank
45

Qahramonjon Olimov ANORBANK Kuzatuv kengashidan chiqish uchun ariza berdi

ANORBANKning 49,4 foiz aksiyasiga egalik qiluvchi Qahramonjon Olimov bank Kuzatuv kengashi tarkibidan chiqish uchun ariza berdi. Masala 28 oktabr kuni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida koʻrib chiqiladi. Shu bilan birga, bank kapitalni mustahkamlash uchun 100 mlrd soʻmlik qoʻshimcha aksiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda.

Qahramonjon Olimov ANORBANK Kuzatuv kengashidan chiqish uchun ariza berdi

Qahramonjon Olimov 2 oktabr kuni ANORBANK Kuzatuv kengashi tarkibidan chiqish toʻgʻrisida ariza berdi. 

Olimovning arizasi 28 oktabr kuni oʻtkaziladigan aksiyadorlar umumiy yigʻilishida koʻrib chiqiladi. 

Davlat reyestri maʼlumotlariga koʻra, Qahramonjon Olimov ANORBANK aksiyalarining 49,4 foiziga egalik qiladi. Bankdagi eng katta ulush — 50 foiz Niderlandiyada roʻyxatdan oʻtgan Bekamin B.V. kompaniyasiga tegishli. Qolgan 0,6 foiz aksiya “Kapital sug‘urta” AJga qarashli.

Olimovning Kuzatuv kengashidan chiqish arizasi uning Interpol qidiruviga berilishi va bank kredit reytingining yana pasayishi ortidan taqdim etildi.

Fitch Ratings 8 oktabr kuni ANORBANKning uzoq muddatli kredit reytingini “CCC+”dan “CCC”gacha tushirib, uni salbiy kuzatuvga joylashtirdi. Agentlik qarorni Olimov bilan bogʻliq huquqiy jarayon, bankning kapitalni oshirish rejasidagi noaniqlik va reputatsion xatarlarning kuchayishi bilan izohladi.

Fitch maʼlumotiga koʻra, ANORBANKning xalqaro standartlar asosida hisoblangan asosiy kapitali 2025 yil oxirida riskka tortilgan aktivlarning 0,9 foizigacha kamaygan. Bankning kapitalni tiklash rejasi ushbu koʻrsatkichni 2026 yil oxirigacha 5 foizga yetkazishni nazarda tutadi.

ANORBANK reyting pasayishiga sabab boʻlgan omillarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrilganini bildirdi. Xususan, 5 oktabr kuni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida qoʻshimcha investitsiyalar jalb qilish uchun 100 mlrd soʻmlik yangi aksiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

Emissiya toʻliq amalga oshirilsa, bankning 850 mlrd soʻmlik ustav kapitali qariyb 11,8 foizga oshib, 950 mlrd soʻmga yetishi mumkin. Biroq yangi aksiyalarni kim sotib olishi va emissiyadan keyin bankdagi ulushlar qanday oʻzgarishi hozircha ochiqlanmagan.

Bankning taʼkidlashicha, qoʻshimcha emissiya kapitalni oshirish rejasining alohida aksiyador bilan bogʻliq holatlarga qaramligini kamaytirishi kerak.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+