11 778.450 so‘m

increase

5.500

13 198.930 so‘m

decrease

-25.620

138.350 so‘m

decrease

-2.790

11 778.450 so‘m

increase

5.500

1 soat avval
Iqtisodiyot
57

“Prezidentimiz imkoniyat berdi. Hozir bankirlar ham ‘Labbay, nima kerak?’ deb turibdi” — xorazmlik tadbirkor

Xivada “Jamol baliqchi” nomi bilan tanilgan tadbirkor Jamoliddin Roʻzmetov hozir kuniga 200–250 kg, mavsumda esa 500 kg gacha baliq sotmoqda. U biznesini kichik savdo nuqtasidan boshlaganini, keyinchalik faoliyatini bosqichma-bosqich kengaytirganini aytdi.

“Prezidentimiz imkoniyat berdi. Hozir bankirlar ham ‘Labbay, nima kerak?’ deb turibdi” — xorazmlik tadbirkor

Jamoliddin Roʻzmetov Xivada baliq savdosi bilan shugʻullanadi. Mahalliy aholi orasida u “Jamol baliqchi” nomi bilan tanilgan.

Tadbirkor faoliyatini kichik joyda boshlagan. Keyinchalik savdo hajmini bosqichma-bosqich oshirib borgan va bugun odatiy kunlarda 200–250 kg, mavsumda esa yarim tonnagacha baliq sotadi.

Roʻzmetov biznesining kengayishida tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar va banklar bilan ishlash sharoiti ham muhim boʻlganini aytdi.

“Hamma imkoniyat bor. Faqat harakat qilish kerak. Oz-ozdan oldik, ishimizni kengaytirdik. Prezidentimiz imkoniyat berdi. Hozir bankirlar ham ‘Labbay, nima kerak?’ deb turibdi. Muammo boʻlsa, bir-ikki kunda ishing bitadi”, — deydi u.

Endi tadbirkor oʻz oldiga Xorazm baligʻini xorijda ham tanitish maqsadini qoʻygan. Uning aytishicha, hududga kelayotgan xorijiy sayyohlar ham mahalliy baliq mahsulotlarini sevib isteʼmol qilmoqda.

Roʻzmetov uchun biznesdan olinayotgan daromadning yana bir muhim natijasi — farzandlarining taʼlimi. Uning uch nafar qizi hozir oliy taʼlim muassasalarida tahsil olmoqda va ularning kontrakt xarajatlarini otasi toʻlab bermoqda.

“Qayerdan boʻlsa ham topib, qizlarimni oʻqitaman. Oliy maʼlumotli boʻlsin. Bizlar oʻqimadik, ular oʻqisin”, — dedi tadbirkor.

Jamoliddin Roʻzmetov haqidagi hikoya Kontent markazining “Irodali insonlar” loyihasi doirasida tayyorlangan. Loyiha yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, oʻz mehnati orqali biznesi va oilasining turmush sharoitini oʻzgartirayotgan insonlar haqida hikoya qiladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+