11 960.090 so‘m

decrease

-71.160

13 670.380 so‘m

decrease

-94.570

152.530 so‘m

decrease

-0.710

11 960.090 so‘m

decrease

-71.160

3 soat avval
Bank
77

Prezident Markaziy bank va davlat banklari rahbarlari faoliyatiga eʼtiroz bildirdi

Shavkat Mirziyoyev banklarning mahallalardagi ishidan mutlaqo norozi ekanini bildirdi. Markaziy bankning hududiy rahbarlari va davlat banklari filiallari boshliqlariga natija koʻrsatish uchun uch oy muddat berildi. Oʻzgarish qila olmagan rahbarlar lavozimini tark etadi. 

Prezident Markaziy bank va davlat banklari rahbarlari faoliyatiga eʼtiroz bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda iqtisodiy oʻsishni taʼminlash boʻyicha birinchi yarim yillik natijalar hamda yil oxirigacha moʻljallangan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilmoqda.

Yigʻilishda davlat rahbari banklarning mahallalardagi faoliyatini keskin tanqid qildi. Shu munosabat bilan Markaziy bankning hududiy boshqarmalari rahbarlari va davlat banklarining filial boshliqlari faoliyatiga qatʼiy eʼtiroz bildirildi.

Viloyat va tuman banklari hamda mahalla uyushmalari uchun joriy yil sinov va amaliy attestatsiya yili boʻlishi belgilandi. 

Ularning faoliyati keyingi uch oyda erishilgan aniq natijalar asosida baholanadi. Mahallalarda oʻzgarish qila olgan rahbarlar faoliyatini davom ettiradi, natija koʻrsatmaganlari esa lavozimidan ketadi.

Bosh prokuratura va Hisob palatasiga har bir mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda yuz berayotgan oʻzgarishlarni muntazam nazorat qilish topshirildi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+