Poytaxtda uy-joy ijara narxlari qanday oʻzgarmoqda?
Yanvar oyida ham Sergeli eng arzon tuman boʻlgan boʻlsa, eng katta narx oʻzgarishlari 2 va 4 xonali uylar ijarasida kuzatilgan.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan joriy yil yanvar oyidagi ijara narxlari tahlili oʻtkazildi. Mazkur davrda poytaxtda oʻrtacha va toʻliq taʼmirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari mos ravishda 0,1 va 0,3 foizga arzonladi.
Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joylar ijarasi
Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joylar segmentidagi 1 va 2 xonali uylar narxi tushgan boʻlsa, 3 va 4 xonali ijara uylarda narx koʻtarilishi kuzatilgan:
1 xonali: 0,3% ↓
2 xonali: 0,4% ↓
3 xonali: 0,1% ↑
4 xonali: 0,3% ↑
Hududlar kesimida
(Tushuntirish: qavs ichida ichida avvalgi oyga nisbatan farq berilgan).
Eng arzon narxlar (AQSh dollari):
Tumanlar | Sergeli | Olmazor |
1 xonali | 297 (+1) | 293 (+7) |
2 xonali | 355 (+10) | 352 (-1) |
3 xonali | 415 (+1) | 419 (-7) |
4 xonali | 419 (-32) | 493(+42) |
Eng qimmat narxlar (AQSh dollari):
Tumanlar | Mirobod | Yakkasaroy |
1 xonali | 344 (-30) | 383 (+3) |
2 xonali | 512 (+2) | 487 (-34) |
3 xonali | 643 (+9) | 677 (+10) |
4 xonali | 705 (-95) | 722 (-11) |
Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar ijarasi
Bu segmentdagi 4 xonali uylardan tashqari barcha hajmli xonadonlarda narx tushushi kuzatilgan:
1 xonali: 0,5 %↓
2 xonali: 0,7 %↓
3 xonali: 0,5% ↓
4 xonali: 0,5% ↑
Hududlar kesimida
Eng arzon narxlar (AQSh dollari):
Tumanlar | Sergeli | Uchtepa |
1 xonali | 321 (0) | 386 (+21) |
2 xonali | 417(+2) | 450 (-3) |
3 xonali | 513 (+5) | 534 (+10) |
4 xonali | 641 (+28) | 624 (-20) |
Eng qimmat narxlar (AQSh dollari):
Tumanlar | Mirobod | Shayxontohur |
1 xonali | 485 (-1) | 521 (-14) |
2 xonali | 731 (+6) | 732 (-3) |
3 xonali | 1027 (-6) | 1093 (-11) |
4 xonali | 1328 (-28) | 1381 (+78) |
Ijara narxlari olx.uz platformasi orqali olingan ochiq maʼlumotlar asosida tahlil qilingan.