“Poytaxt Bank” boshqaruv raisi va uning oʻrinbosari lavozimini tark etdi
“Poytaxt Bank” AJ boshqaruv raisi Pulatov Dilshod Akmalevich hamda boshqaruv raisi oʻrinbosari Turgʻunov Abror Qodirovich bilan tuzilgan mehnat shartnomalari muddatidan oldin bekor qilindi. Yangi rahbar tayinlangunga qadar bank boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajarish boshqaruv raisi oʻrinbosari Xodjakulov Akmal Erkinovich zimmasiga yuklatildi.

“Poytaxt Bank” AJ boshqaruv raisi Pulatov Dilshod Akmalevich oʻz lavozimini tark etdi. Bu haqda bank Kuzatuv kengashi yigʻilishi bayonnomasida maʼlum qilingan.
Qayd etilishicha, Pulatov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra bekor qilingan. Yagona aksiyador qaroriga muvofiq, uning vakolatlari 2026 yil 20 apreldan boshlab muddatidan ilgari tugatilgan.
D. Pulatovning vakolatlari tugatilgan kundan boshlab, yangi boshqaruv raisi tayinlangunga qadar bank boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajarish bank boshqaruvi raisi oʻrinbosari Xodjakulov Akmal Erkinovich zimmasiga yuklatildi.
Shuningdek, bank boshqaruvi aʼzosi va boshqaruv raisi oʻrinbosari Turgʻunov Abror Qodirovich bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ham taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra muddatidan oldin bekor qilingan.
Uning “Poytaxt Bank” AJ boshqaruvi aʼzosi sifatidagi vakolatlari 2026 yil 7 apreldan boshlab tugatilgan deb hisoblanadi.









