11 974.790 so‘m

decrease

-54.410

14 008.110 so‘m

decrease

-57.630

159.640 so‘m

decrease

-0.620

11 974.790 so‘m

decrease

-54.410

15 soat avval
Bank
55

Paynet 2026 yil I choragida qariyb 450 mlrd soʻm sof foyda oldi

PAYNET AJ 2026 yilning birinchi choragida 449,4 mlrd soʻm sof foyda qayd etdi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 313,8 foizga yuqori. Shuningdek, bir choraklik koʻrsatkich 2025 yil yakunlari boʻyicha umumiy moliyaviy natijadan ham oshib ketdi.

Paynet 2026 yil I choragida qariyb 450 mlrd soʻm sof foyda oldi
Foto: AI/Pinkod.uz

“PAYNET” AJ 2026 yilning birinchi choragida 449,4 mlrd soʻm sof foyda qayd etdi. Bu haqda kompaniyaning moliyaviy hisobotida maʼlum qilindi.

Hisobotga koʻra, mahsulot va xizmatlar sotilishidan olingan sof tushum oʻtgan yilning mos davridagi 387,9 mlrd soʻmdan 558,4 mlrd soʻmga yetib, qariyb 44 foizga oshgan. Shu bilan birga, davr xarajatlari ham 260,8 mlrd soʻmdan 388,9 mlrd soʻmga koʻpaygan.

Kompaniyaning yakuniy sof foydasi esa keskin oʻsib, 2025 yilning birinchi choragidagi 108,6 mlrd soʻmdan 449,4 mlrd soʻmga yetgan. Taʼkidlash joiz, bu koʻrsatkich 2025 yil yakunlari boʻyicha qayd etilgan 395 mlrd soʻmlik sof foydadan ham yuqori boʻlib, bir chorak natijasi yillik darajadan oshib ketgan.

Sof foydadagi 313,8 foizlik oʻsish asosan moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar hisobiga shakllangan. Agar oʻtgan yili bu yoʻnalishda atigi 40,4 mln soʻm daromad qayd etilgan boʻlsa, joriy davrda ushbu koʻrsatkich 321,1 mlrd soʻmga yetgan. Mazkur summaning deyarli barchasi — 321,05 mlrd soʻmi dividendlar hissasiga toʻgʻri keladi. Maʼlumot uchun, Paynet 2025 yilda HUMO toʻlov tizimini 65 mln dollarga sotib olgan edi.

Hisobot davrida kompaniya aktivlari ham sezilarli kengaygan: yil boshidagi 1,74 trln soʻmdan 2,14 trln soʻmga yetib, 22,6 foizga oʻsgan. Bunda, asosan, joriy aktivlar tarkibidagi debitorlik qarzdorliklarining 127,6 mlrd soʻmdan 532,0 mlrd soʻmgacha oshgani muhim rol oʻynagan.

Shuningdek, taqsimlanmagan foyda hajmi ham keskin koʻpayib, 415,2 mlrd soʻmdan 865,2 mlrd soʻmga (108,3 foizga) yetgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+