12 158.130 so‘m

decrease

-33.120

14 166.650 so‘m

increase

55.280

153.980 so‘m

decrease

-0.220

12 158.130 so‘m

decrease

-33.120

Yaqin 31 daqiqa ichida
Bank
21

Payme tarkibidan yangi kompaniya — TBC TECH ajratib chiqariladi

“Payme” AJ aksiyadorlarining 2026 yil 5 mart kuni boʻlib oʻtgan umumiy yigʻilishida kompaniyani ajratib chiqarish yoʻli bilan qayta tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Unga koʻra, Payme tarkibidan mustaqil faoliyat yurituvchi yangi TBC TECH kompaniyasi ajratib chiqariladi.

Payme tarkibidan yangi kompaniya — TBC TECH ajratib chiqariladi
Foto: AI/Pinkod.uz

Payme negizida mustaqil faoliyat yurituvchi yangi TBC TECH kompaniyasi tashkil etiladi. Bu haqda Payme AJ aksiyadorlarining 2026 yil 5 mart kuni boʻlib oʻtgan umumiy yigʻilishi qarorida maʼlum qilingan.

Qarorga muvofiq, kompaniyani ajratib chiqarish yoʻli bilan qayta tashkil etish (reorganizatsiya) jarayoni boshlandi. Qayta tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

Aksiyadorlar Payme bosh direktoriga mazkur jarayon bilan bogʻliq barcha yuridik va tashkiliy ishlarni boshlash vazifasini yuklatgan.

Reorganizatsiya doirasida kompaniyaning mavjud aktivlari va majburiyatlarini xatlovdan oʻtkazish (inventarizatsiya) uchun maxsus komissiya tuzilib, taqsimlash balansi ishlab chiqiladi. Shuningdek, mehnat qonunchiligi talablariga rioya etgan holda, yangi tashkil etilayotgan TBC TECH kompaniyasiga oʻtkaziladigan xodimlar roʻyxati shakllantiriladi.

Bundan tashqari, TBC TECH kompaniyasining ustavi loyihasi tayyorlanib, uning boshqaruv organlari tuzilmasi boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi. Jarayonning shaffofligi va qonuniyligini taʼminlash maqsadida barcha zarur hujjatlar, jumladan auditorlik hisoboti va moliyaviy prognozlar ilova qilingan holda Oʻzbekiston Markaziy bankiga rasmiy xabarnoma yuboriladi.

Shu bilan birga, reorganizatsiya haqida barcha maʼlum kreditorlar ogohlantirilib, tegishli eʼlonlar ommaviy axborot vositalari hamda Payme’ning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

Qayta tashkil etishga oid barcha hujjatlar tayyor boʻlgach, mazkur masala yakuniy koʻrib chiqish uchun Payme Kuzatuv kengashi muhokamasiga kiritiladi.

Eslatib oʻtamiz, hozirda Payme AJning yagona aksiyadori — TBC Digital AJ hisoblanadi. Kompaniya 2025 yilda tashkil etilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+