12 179.810 so‘m

decrease

-30.050

14 139.540 so‘m

decrease

-31.220

156.730 so‘m

decrease

-0.800

12 179.810 so‘m

decrease

-30.050

6 soat avval
Bank
31

P2P oʻtkazmalarida operatsiya maqsadini koʻrsatish funksiyasi ixtiyoriy tartibda joriy etiladi — Markaziy bank

Regulyatorga koʻra, mobil ilovalar orqali amalga oshiriladigan kartadan-kartaga (P2P) oʻtkazmalarda operatsiya maqsadini koʻrsatish funksiyasini joriy etish taklif qilingan. Markaziy bankning taʼkidlashicha, mazkur mexanizm banklar va toʻlov tashkilotlari tomonidan ixtiyoriy tartibda joriy qilinishi mumkin.

P2P oʻtkazmalarida operatsiya maqsadini koʻrsatish funksiyasi ixtiyoriy tartibda joriy etiladi — Markaziy bank
Foto: AI/Pinkod.uz

Markaziy bank mobil ilovalar orqali amalga oshiriladigan P2P (kartadan-kartaga) oʻtkazmalarida operatsiya maqsadini koʻrsatish funksiyasini joriy etish masalasi yuzasidan bayonot berdi.

Regulyator maʼlumotiga koʻra, mazkur tashabbus Prezidentning tegishli farmoni ijrosini taʼminlash doirasida ilgari surilmoqda. Shu munosabat bilan 2026 yil 17 fevral kuni tijorat banklari va toʻlov tashkilotlariga tegishli topshiriq yuborilgan.

Unga muvofiq, mobil ilovalar orqali amalga oshiriladigan P2P oʻtkazmalarida operatsiya maqsadini koʻrsatish funksiyasini joriy etish taklif etilgan. Markaziy bank ushbu funksiyani ishlab chiqishda mobil ilovalarning texnik imkoniyatlari va foydalanuvchi interfeysining qulayligi hisobga olinishi lozimligini taʼkidladi.

Shuningdek, banklar va toʻlov tashkilotlaridan mazkur masala yuzasidan oʻz taklif va mulohazalarini Markaziy bankning Toʻlov tizimlari departamentiga taqdim etish soʻralgan.

Maʼlum qilinishicha, ushbu funksiyani mobil ilovalarda joriy etish ixtiyoriy tartibda amalga oshiriladi. Banklar va toʻlov tashkilotlari uni oʻz ichki siyosati hamda texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda joriy etishi mumkin. Zarurat tugʻilganda esa taklif etilgan parametrlar kengaytirilishi yoki qisqartirilishi mumkin.

Markaziy bankning qayd etishicha, takomillashtirilgan mexanizm ishlab chiqilgandan soʻng ushbu yoʻnalishda qoʻshimcha tartib alohida eʼlon qilinadi.

Qayd etilishicha, mazkur oʻzgarishlarning asosiy maqsadi onlayn platformalar oʻrtasida sogʻlom raqobatni rivojlantirish hamda naqdsiz hisob-kitoblar koʻlamini kengaytirishdan iborat.


Avvalroq  tarmoqlarda Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga kartadan-kartaga oʻtkazmalarda “oʻtkazma maqsadini koʻrsatish” funksiyasini joriy etish boʻyicha koʻrsatma yuborilgani haqida maʼlumotlar tarqalgan edi

Unda mazkur talabni joriy etmagan banklar va toʻlov tashkilotlariga nisbatan chora koʻrilishi mumkinligi haqida ogohlantirilgani aytilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+