12 758.360 so‘m

decrease

-19.760

14 820.110 so‘m

decrease

-111.120

163.340 so‘m

decrease

-0.670

12 758.360 so‘m

decrease

-19.760

6 soat avval
Bank

Oʻzmilliybank 2025 yilning birinchi yarmida 1 trln soʻm sof foyda oldi

Bu 2024 yilning ayni shu davridagi koʻrsatkichga nisbatan 60,3 mlrd soʻmga koʻpdir. 

Oʻzmilliybank 2025 yilning birinchi yarmida 1 trln soʻm sof foyda oldi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzmilliybank 2025 yilning birinchi choragiga oid moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Unga koʻra, bank joriy yilning 6 oyi davomida 1 trillion soʻm sof foyda koʻrgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,4 foizga yuqoridir. Taqqoslash uchun, 2024-yilning shu davrida bankning sof foydasi 945 milliard soʻmni tashkil etgan edi.

2025-yilning ikki choragi boʻyicha sof foyda quyidagicha taqsimlangan:

  • Yanvar–mart oylarida – 467,9 milliard soʻm,
  • Aprel–iyun oylarida – 537,4 milliard soʻm.

Yarim yillik yakuniga koʻra, bankning foizli daromadlari 8,4 trillion soʻmni tashkil etdi. Bu oʻtgan yilga nisbatan 15,3 foizga oʻsishni anglatadi.

Shuningdek, foizsiz daromadlar ham sezilarli darajada ortdi. 2025-yilning birinchi yarim yilligida bu yoʻnalishdagi tushumlar 5,2 trillion soʻmni tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 22,5 foizga oshgan.

Xarajatlar qismida esa bank xodimlariga ish haqi va boshqa xarajatlarga 593,1 milliard soʻm sarflagan. Shuningdek, NBU tomonidan davlat byudjetiga 163,7 milliard soʻmlik daromad soligʻi toʻlangan.


Avvalroq, Pinkod “Ipoteka bank” birinchi yarim yillikda qariyb 400 mlrd soʻm zarar koʻrgani haqida yozgan edi

Shuningdek, banklar moliyaviy koʻrsatkichlari, shu jumladan, sof foydasi haqidagi muhim maʼlumotlar bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+