12 236.130 so‘m

increase

23.340

14 439.860 so‘m

increase

28.770

159.100 so‘m

decrease

-0.420

12 236.130 so‘m

increase

23.340

3 soat avval
Bank
64

Oʻzini oʻzi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 300 mln soʻmgacha oshiriladi

Shavkat Mirziyoyev Koʻksaroy qarorgohida oʻtayotgan uchrashuvda yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻshimcha 200 mln dollar ajratilishini eʼlon qildi. Shuningdek, oʻzini oʻzi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 mln soʻmdan 300 mln soʻmgacha oshirilishi maʼlum qilindi.

Oʻzini oʻzi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 300 mln soʻmgacha oshiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Ayni paytda Koʻksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda. Muloqot yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va ular uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish masalalariga bagʻishlandi.

Taʼkidlanishicha, har yili 600 ming nafar yosh mehnat bozoriga kirib kelmoqda, 2030 yilga borib esa bu koʻrsatkich 1 mln nafarga yetadi. Shu bois yoshlarning oʻziga mos va barqaror ish topishi uchun sharoit yaratish eng muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi.

Yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra, ularning uchdan bir qismi tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan. Oʻtgan yili yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida banklar va Yoshlar ishlari agentligiga 400 mln dollar ajratilgan. Xususan, “Yoshlar biznesi” va “Kelajakka qadam” dasturlari doirasida 15 ming nafar yosh oʻz biznesini yoʻlga qoʻyib, 50 mingta yangi ish oʻrni yaratgan.

Uchrashuvda yoshlar tadbirkorligini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida qoʻshimcha 200 mln dollar ajratilishi eʼlon qilindi.

Shuningdek, oʻzini oʻzi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 million soʻmdan 300 million soʻmgacha oshiriladi. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun ajratiladigan kreditlar hajmi 5 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmgacha koʻpaytiriladi. Innovatsion startap loyihalariga esa 100 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, servis va umumiy ovqatlanish sohasida 1 mingdan ortiq ish oʻrni yaratgan mahalliy brendlardan franshiza olib, filial ochmoqchi boʻlgan yoshlar uchun qulay moliyalashtirish paketlari joriy etilishi maʼlum qilindi.

Shuningdek yigʻilishda yana bir qator yangiliklar maʼlum qilindi:

  • 2026 yildan “Kelajak tadbirkori” dasturi ishga tushiriladi va yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatgacha 15 foizli kredit ajratish boshlanadi. 
  • Oʻzini oʻzi band qilgan yoshlarga garovsiz 20 mln soʻmgacha kredit beriladi. 
  • Faoliyatini kengaytirmoqchi boʻlgan yosh tadbirkorlarga 2 mlrd soʻmgacha, kamida 5 ta bitiruvchini ishga olgan tadbirkorlarga esa 10 mlrd soʻmgacha kredit beriladi. 
  • Mening birinchi kasbim” dasturi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda stajirovka asosida oliygoh bitiruvchilari oʻrtasida tanlov oʻtkazilib, ularga oyiga 2 mln soʻmgacha stipendiya toʻlanadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+