12 705.790 so‘m

increase

59.230

14 704.410 so‘m

increase

243.070

159.200 so‘m

decrease

-1.680

12 705.790 so‘m

increase

59.230

3 kun avval
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonning turli hududlarida uy-joy sotib olish uchun qancha vaqt ketadi?

2021–2024 yillar davomida Oʻzbekistonda aholi daromadlari 87% ga oshdi, uy-joy narxlari esa 44% ga koʻtarildi. 

Ayrim viloyatlarda uy-joy xarid qilish uchun 7 yil kerak boʻlsa, boshqalarda bu koʻrsatkich 15 yilga yaqinlashadi.

Oʻzbekistonning turli hududlarida uy-joy sotib olish uchun qancha vaqt ketadi?
Foto: AI / Pinkod.uz

2021–2024 yillar davomida Oʻzbekistonda aholi daromadlari sezilarli darajada oshdi. Jumladan, mazkur davrda aholi daromadlari 87% ga oʻsgan boʻlsa, uy-joy narxlari 44% ga koʻtarildi

Bu esa oʻz navbatida, aholining uy-joy sotib olish qobiliyati yaxshilanganini koʻrsatadi. Ammo bu umumiy raqamlardir. Asl holat har bir hududda turlicha — kimdir 7 yilda uy olish imkoniga ega boʻlsa, boshqasi uchun bu orzu deyarli 15 yilga choʻziladi.

Masalan, Sirdaryo viloyati aholisi oʻrtacha hisobda 7 yilda uy-joy sotib olishi mumkin. Bu respublika miqyosida eng qisqa muddatli koʻrsatkich boʻlib, 2021 yilda bu raqam 9 yilni tashkil etgan. Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida ham uy-joy xaridi uchun qulay hududlardir. Mazkur viloyatlarda uy olish uchun tegishli daromadni yigʻish muddati taxminan 7,6 yilni tashkil qiladi. Fargʻona viloyatida bu koʻrsatkich 7,3 yilga, Surxondaryoda esa 8,2 yilga teng boʻlib, aholi uchun imkoniyatlar nisbatan yaxshilangan.

Andijon, Namangan, Jizzax, Qoraqalpogʻiston Respublikasi kabi hududlarda ham ijobiy siljishlar bor. Namanganda 2021-yilgi 12,6 yillik koʻrsatkich 10 yilga tushgan. Xuddi shunday, Andijonda 12,9 yillik davr hozirda 10,2 yilga qisqargan. Qoraqalpogʻistonda esa bugun uy sotib olish uchun 7,4 yil kerak boʻladi, bu esa oʻtgan yillardagiga nisbatan yaxshiroq koʻrsatkich.

Toshkent viloyatida oʻrtacha koʻrsatkich 11 yil atrofida. Navoiyda esa bu raqam 11,3 yilga teng. Buxoroda esa bu muddat 10.4 yil boʻlib, deyarli oʻzgarmagan.

Respublika boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich esa 9,9 yilni tashkil etadi. Bu 2021 yildagi 11 yillik davrga nisbatan yaxshilanishni anglatadi. 

Shunga qaramay, ayrim hududlarda uy-joy olish hamon juda murakkab. Jumladan, poytaxt Toshkent shahrida uy olish uchun oʻrtacha 14,9 yil kerak. Bu mamlakat miqyosidagi eng yuqori koʻrsatkichdir. 2021 yilda bu raqam 17,8 yil edi, yaʼni ijobiy siljish bor, ammo uy-joy narxlari daromadlarga nisbatan juda yuqoriligicha qolmoqda. Samarqand viloyatida ham shunga oʻxshash holat kuzatiladi. Mazkur hudda uy sotib olish uchun 13.9 yil kerak boʻladi, bu esa aholining uy-joy sotib olish imkoniyati pastligini koʻrsatadi. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+