11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

13 329.150 so‘m

decrease

-108.120

146.750 so‘m

increase

0.790

11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

Yaqin 3 soat ichida
Iqtisodiyot
19

Oʻzbekistonning tashqi savdo taqchilligi ikki baravarga oshib, 13,7 mlrd dollarga yetdi

Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan ikki baravar yoki 6,9 mlrd dollarga koʻp. 

Taqchillikning keskin oshishiga eksport hajmining 5,5 foizga qisqarishi va importning 15,7 foizga koʻpayishi sabab boʻlgan. Xususan, oltin eksporti qariyb 7 mlrd dollarga kamaygan. 

Ayni paytda oltindan tashqari tovarlar eksporti 31,6 foizga oshganiga qaramay, bu oʻsish umumiy eksportdagi pasayishning oldini ololmagan. 

Oʻzbekistonning tashqi savdo taqchilligi ikki baravarga oshib, 13,7 mlrd dollarga yetdi

Oʻzbekistonning 2026 yil yanvar–sentabr oylaridagi tashqi savdo aylanmasi 65,4 mlrd dollarni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,9 mlrd dollar yoki 6,3 foizga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasining 28 oktabrda eʼlon qilingan hisobotida maʼlum qilindi.

Hisobot davrida eksport hajmi 27,3 mlrd dollardan 25,8 mlrd dollargacha kamaygan. Import esa 34,2 mlrd dollardan 39,6 mlrd dollarga yetgan.

Natijada mamlakatning tashqi savdo balansidagi manfiy saldo 2025 yilning toʻqqiz oyidagi 6,86 mlrd dollardan 13,72 mlrd dollargacha kengaygan. Bu taqchillikning bir yil ichida ikki baravarga oshganini anglatadi.

Taqqoslash uchun, 2024 yilning mos davrida tashqi savdo taqchilligi 8,63 mlrd dollarni tashkil etgan edi.

Oltin eksporti 7 mlrd dollarga kamaygan

Umumiy eksportdagi pasayishga, asosan, oltin sotuvining keskin qisqarishi taʼsir qilgan.

2025 yilning toʻqqiz oyida Oʻzbekiston 9,8 mlrd dollarlik nomonetar oltin eksport qilgan boʻlsa, 2026 yilning mos davrida bu koʻrsatkich 2,8 mlrd dollargacha kamaygan. Natijada oltin eksportidan tushgan daromad 71,4 foizga yoki qariyb 7 mlrd dollarga qisqargan.

Oltinning jami eksportdagi ulushi ham 35,9 foizdan 10,8 foizgacha tushgan.

Biroq oltindan tashqari tovarlar eksportida qarama-qarshi tendensiya kuzatilmoqda. Ularning hajmi bir yil ichida 31,6 foizga oshib, 13,3 mlrd dollarga yetgan.

Xizmatlar eksporti ham 31,1 foizga koʻpayib, 9,7 mlrd dollarni tashkil etgan. Jumladan, sanoat tovarlari eksporti 27,6 foizga, kimyoviy mahsulotlar eksporti 35,1 foizga, mashina va transport uskunalari eksporti esa 40,6 foizga oshgan.

Demak, umumiy eksport qisqarganiga qaramay, oltindan tashqari koʻplab eksport yoʻnalishlarida oʻsish saqlanib qolgan.

Import 5,4 mlrd dollarga oshgan

Tashqi savdo taqchilligining kengayishiga import xarajatlarining oʻsishi ham taʼsir qilgan.

Toʻqqiz oy davomida Oʻzbekiston 12,85 mlrd dollarlik mashina va transport uskunalarini import qilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 foizga koʻp boʻlib, umumiy importning 32,5 foizini tashkil etgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari importi esa 37,5 foizga oshib, 4,22 mlrd dollarga yetgan. Ushbu yoʻnalishning jami importdagi ulushi 9 foizdan 10,7 foizgacha koʻtarilgan.

Shuningdek, kimyoviy mahsulotlar importi 17 foizga koʻpayib, 4,78 mlrd dollarni, mineral yoqilgʻi va shunga oʻxshash mahsulotlar importi esa 21,6 foizga oshib, 3,37 mlrd dollarni tashkil etgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+