12 233.670 so‘m

increase

48.560

14 233.880 so‘m

increase

152.770

154.840 so‘m

increase

2.260

12 233.670 so‘m

increase

48.560

30-sentabr, 12:21
Bank

Oʻzbekistonliklar pullarini asosan qaysi banklarda saqlamoqda?

Pinkod ochiq maʼlumotlar asosida Oʻzbekiston aholisi eng koʻp mablagʻ saqlayotgan banklar roʻyxatini tuzdi.

Oʻzbekistonliklar pullarini asosan qaysi banklarda saqlamoqda?
Foto: AI / Pinkod.uz

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, mamlakat banklaridagi omonatchilarning qariyb yarmi ikki yirik moliya muassasasi – Oʻzmilliybank (1,6 mln omonat) va Xalq banki (1,2 mln omonat) hissasiga toʻgʻri keladi.

Ularning ortidan Kapitalbank 953,6 mingta omonat hisobi bilan uchinchi oʻrinda turibdi. Biroq son jihatdan ustunlik hamisha pul hajmi bilan mos kelavermaydi. Masalan, Oʻzmilliybankda 1,6 mlnta omonatchi mavjud boʻlsa-da, ularning oʻrtacha qiymati 8,9 mln soʻmni tashkil etadi. Aksincha, Kapitalbankda omonatchilar soni kamroq boʻlsa-da, oʻrtacha qiymat ancha yuqori boʻlgan — 26,3 mln soʻm.

Demak, ayrim banklarda omonatchilar soni koʻp, lekin ular qoʻygan mablagʻ hajmi kichik boʻlishi mumkin. 

Pinkod ochiq maʼlumotlar asosida Oʻzbekiston aholisi eng koʻp mablagʻ saqlayotgan banklar roʻyxatini tuzdi. Roʻyxatda omonatlarning sonidan koʻra ularning jami va oʻrtacha qiymatiga ustunlik berildi.

Kapitalbank

Kapitalbank aholi omonatlari hajmi boʻyicha yetakchilardan biri. Bankda 953,6 mingta shaxs omonatchi hisoblanadi. Ular tomonidan jami 25,1 trln soʻm qoʻyilgan boʻlib, bir omonatning oʻrtacha qiymati 26,3 mln soʻmni tashkil etadi. Shu bilan birga, bankning umumiy depozit portfeli 38,8 trln soʻmga yetgan.

Umumiy depozit hajmi(portfeli) — bu maʼlum bir bankda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qoʻyilgan barcha omonatlar yigʻindisini anglatadi.

Oʻzmilliybank

Oʻzmilliybankda 1,6 milliondan ziyod omonatchi mavjud boʻlib, ularning jami omonatlari 14,3 trln soʻmni tashkil etadi. Bir omonatning oʻrtacha qiymati pastroq — 8,9 mln soʻm. Bankning umumiy depozit portfeli 45,8 trln soʻmga yetgan.

Agrobank

Agrobankda 331,9 ming kishi omonat ochgan. Ulardan jalb qilingan mablagʻlar 12,1 trln soʻmga yetgan, oʻrtacha omonat qiymati esa 36,5 mln soʻm. Bankning umumiy depozitlari 25,9 trln soʻmga teng. Bu koʻrsatkich Agrobank omonatchilar soni jihatdan katta boʻlmasa-da, yirik mablagʻlarni jalb qilishda kuchli pozitsiyaga egaligini koʻrsatadi.

Oʻzsanoatqurilishbank

Oʻzsanoatqurilishbankda 278,1 ming omonatchi mavjud. Ulardan jami 8,2 trln soʻm jalb qilingan boʻlib, oʻrtacha qiymat 29,4 mln soʻmni tashkil etadi. Bankning umumiy depozit portfeli esa 25,6 trln soʻm.

Asakabank

Asakabankda 182,2 ming omonatchi mavjud boʻlib, ulardan jami 7,9 trln soʻm jalb qilingan. Bir omonatning oʻrtacha qiymati 43,3 mln soʻm boʻlib, bu top-10 bank orasidagi eng yuqori koʻrsatkichdir. Bankning umumiy depozitlari 18,7 trln soʻmni tashkil etadi.

Hamkorbank

Hamkorbankda 269,7 ming omonatchi bor. Ulardan jami 7,86 trln soʻm jalb qilingan, bir omonatning oʻrtacha qiymati esa 29,1 mln soʻm. Umumiy depozitlar hajmi 12,8 trln

Anorbank

Anorbank omonatchilar soni boʻyicha yetakchi banklardan biri — 845,9 ming kishi. Biroq ulardan jalb qilingan mablagʻlar jami 7,7 trln soʻmni tashkil etadi. Bir omonatning oʻrtacha qiymati 9,1 mln soʻm boʻlib, koʻrsatkich uncha katta emas. Bankning umumiy depozitlari esa 11,2 trln soʻmga yetgan.

Xalq banki

Xalq bankida 1,2 mlndan ortiq jismoniy shaxs omonatchi. Ular qoʻygan mablagʻning umumiy hajmi 5,8 trln soʻmni tashkil etadi. Biroq oʻrtacha omonat qiymati past boʻlib, atigi 4,8 mln soʻmni tashkil etadi.

TBC bank

Bugungi kunda bankda 274,2 ming jismoniy shaxs omonatchi bor. Ulardan jalb qilingan mablagʻlar 5,78 trln soʻmni tashkil etmoqda. Bir omonatning oʻrtacha qiymati 21,1 mln soʻmga toʻgʻri keladi. Bankning umumiy depozit portfeli 6,6 trln soʻmni tashkil qiladi.

Aloqabank

Aloqabankda 216,6 mingdan ortiq jismoniy shaxs omonat ochgan. Ularning qoʻygan mablagʻlari jami 5,6 trln soʻmni tashkil etadi. Bir omonatning oʻrtacha qiymati 26 mln soʻm boʻlib, bu koʻrsatkich bank mijozlari oʻrtacha va yirik mablagʻ egalari ekanini anglatadi. Bankning umumiy depozit portfeli esa 14,8 trln soʻmga yetgan.

Umumiy olganda, Oʻzbekistonda aholining eng koʻp mablagʻi Kapitalbank va Oʻzmilliybankda saqlanmoqda. Biroq roʻyxatdagi oʻrtacha hisob qiymati boʻyicha yetakchilikni Asakabank (43,3 mln soʻm) va Agrobank (36,5 mln soʻm) qoʻlga kiritgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+