12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

6 kun avval
Bank

Oʻzbekistonga aloqador bank Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchrashi mumkin

Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalar paketi doirasida “Milliy bank”ning sho'ba banki – “Aziya-Invest Bank” ham cheklovlarga duch kelishi mumkin.

Oʻzbekistonga aloqador bank Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchrashi mumkin
Foto: AI / Pinkod.uz

Bloombergning 29 yanvar kuni tarqatgan xabariga koʻra, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi, 16-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda. Ushbu paketda Rossiya alyuminiysining importiga bosqichma-bosqich taqiq joriy etish reja qilingan.

Rossiya alyuminiysiga qoʻyiladigan cheklovlar bir yil ichida kuchga kirishi kutilmoqda va importga faqat kvota tizimi orqali ruxsat beriladi. Shuningdek, “soya floti” deb nomlanuvchi tizimga tegishli 70 dan ortiq kemaga nisbatan sanksiyalar joriy etilishi va Yevropa Ittifoqi hududida Rossiya neftini vaqtincha saqlash taqiqlanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, SWIFT xalqaro pul oʻtkazmalari tizimidan 15 ta Rossiya bankini uzib qoʻyish rejalashtirilgan. “Sistema” Telegram kanali eʼlon qilgan taxminiy roʻyxatda “Aziya-Invest Bank bilan bir qatorda quyidagi Rossiya banklari ham bor:

  • “Ak Bars Bank”
  • “Bank Uralsib”
  • “Bank "Tochka”
  • “Natsionalnыy rezervnыy bank”
  • “Roseksimbank”
  • “Ekspobank”
  • “Bank Sinara”
  • “Primsotsbank”
  • “BBR bank”
  • “Aziya-Invest bank” 
  • “Moskommersbank”
  • “Aziatsko-Tixookeanskiy bank”
  • “Kuznetskbiznesbank”
  • “Mir Biznes bank”
  • “Bank Kuban Kredit”

“Aziya-Invest bank” 1996 yilda Rossiya va Oʻzbekiston hukumatlari oʻrtasidagi kelishuv asosida tashkil etilgan. Yevropa Ittifoqining ushbu yangi sanksiyalari bank faoliyatiga qanday taʼsir koʻrsatishi hozircha nomaʼlum.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+