11 772.950 so‘m

decrease

-35.810

13 224.550 so‘m

decrease

-179.570

141.140 so‘m

decrease

-1.020

11 772.950 so‘m

decrease

-35.810

Yaqin 39 daqiqa ichida
Iqtisodiyot
31

Oʻzbekistonda valyuta va foiz xatarlarini boshqarish kompaniyasi tashkil etilishi mumkin

Prezident qarori loyihasiga koʻra, Oʻzbekistonda kompaniyalarni valyuta kursi va foiz stavkalari oʻzgarishidan kelib chiqadigan moliyaviy xatarlardan himoya qilishga yordam beradigan yangi kompaniya tashkil etilishi mumkin. Yangi tuzilma derivativlar bozorini rivojlantirish bilan ham shugʻullanadi, uning minimal ustav kapitali 500 mlrd soʻm boʻlishi taklif qilinmoqda.

Oʻzbekistonda valyuta va foiz xatarlarini boshqarish kompaniyasi tashkil etilishi mumkin

Oʻzbekistonda valyuta va foiz xatarlarini boshqarish kompaniyasi tashkil etilishi kutilmoqda. Bu haqdagi Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.

Hujjat valyuta kursi va foiz stavkalarining oʻzgarishidan kelib chiqadigan xatarlarni kamaytirish hamda Oʻzbekistonda hosila moliyaviy vositalar — derivativlar bozorini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Derivativ — qiymati valyuta kursi, foiz stavkasi, qimmatli qogʻoz yoki boshqa aktiv narxiga bogʻliq boʻlgan moliyaviy shartnoma. Masalan, kompaniya kelajakda dollar kursi oshib ketishidan xavotir qilsa, derivativ orqali valyutani oldindan kelishilgan kursda sotib olish shartlarini belgilab qoʻyishi mumkin.

Loyihaga koʻra, Valyuta va foiz xatarlarini boshqarish kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati (AJ) shaklida tashkil etiladi. Markaziy bank esa tashkilot faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi vakolatli davlat organiga aylanadi.

Kompaniya Iqtisodiyot va moliya vazirligi, banklar, xalqaro moliya institutlari va kompaniyalar bilan derivativlar boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri bitimlar tuzishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, u ichki valyuta va pul bozorida doimiy kotirovkalar berib, bozor likvidligini taʼminlashi hamda ichki va xalqaro bozorlardagi xedjirlash narxlari oʻrtasidagi muvofiqlikni taʼminlashi kerak.

Bundan tashqari, kompaniyaga banklararo pul bozorida qatnashish, valyuta birjasi va birjadan tashqari bozorda chet el valyutasini sotib olish va sotish, qimmatli qogʻozlar chiqarib ichki va xalqaro kapital bozorlaridan mablagʻ jalb qilish hamda xorijda hisobvaraqlar ochish huquqi berilishi taklif qilinmoqda.

Kompaniya ustav kapitali 500 mlrd soʻm boʻladi

Loyiha boʻyicha valyuta va foiz xatarlarini boshqarish tashkilotlarining eng kam ustav kapitali 500 mlrd soʻm boʻlishi kerak.

Shu bilan birga, Markaziy bank uch oy ichida yangi kompaniyaning ustav kapitalini shakllantirish maqsadida “Milliy kliring markazi” AJ ustav kapitaliga 170 mlrd soʻm yoʻnaltirishi koʻzda tutilgan.

Kompaniyani davlat roʻyxatidan oʻtkazish va Toshkent shahrida joylashtirish 2027 yil 1 martgacha rejalashtirilgan. Uning kuzatuv kengashi aʼzolarining koʻpchiligi mustaqil aʼzolardan iborat boʻlishi, kengash raisi ham mustaqil aʼzolar orasidan saylanishi kerak.

Loyihadagi muhim oʻzgarishlardan yana biri ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalarga tegishli.

Ularning moliyaviy rejalarini tasdiqlashda valyuta va foiz xatarlarini boshqarish strategiyasining mavjudligi majburiy talabga aylantirilishi taklif qilinmoqda.

Bundan tashqari, bunday korxonalarning xorijiy valyutadagi kreditlarini derivativlar orqali xedjirlash talabi bosqichma-bosqich joriy etilishi mumkin:

  • 2028 yil II chorakdan — 10 foiz;
  • 2029 yil IV chorakdan — 15 foiz;
  • 2031 yil IV chorakdan — 25 foiz.

Xedjirlash valyuta kursi yoki foiz stavkasi oʻzgarishi natijasida kompaniyaning qarz xarajatlari keskin oshib ketishi xavfini moliyaviy instrumentlar orqali kamaytirishga xizmat qiladi.

Yirik davlat korxonalariga xedjirlash talabi qoʻyilishi mumkin

Loyihadagi muhim oʻzgarishlardan yana biri ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalarga tegishli.

Ularning moliyaviy rejalarini tasdiqlashda valyuta va foiz xatarlarini boshqarish strategiyasining mavjudligi majburiy talabga aylantirilishi taklif qilinmoqda.

Xedjirlash — valyuta kursi, foiz stavkasi yoki boshqa bozor koʻrsatkichlari oʻzgarishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan zararni kamaytirish usuli. Masalan, kompaniyaning dollarda krediti boʻlsa, soʻm qadrsizlanganda uning qarz yuki oshadi. Kompaniya derivativ bitim orqali kursni oldindan belgilab yoki kurs oʻzgarishidan keladigan zararni qisman qoplab, shu xatarni kamaytirishi mumkin.

Bundan tashqari, bunday korxonalarning xorijiy valyutadagi kreditlarini derivativlar orqali xedjirlash talabi bosqichma-bosqich joriy etilishi mumkin:

  • 2028 yil II chorakdan — 10 foiz;
  • 2029 yil IV chorakdan — 15 foiz;
  • 2031 yil IV chorakdan — 25 foiz.

Xedjirlash valyuta kursi yoki foiz stavkasi oʻzgarishi natijasida kompaniyaning qarz xarajatlari keskin oshib ketishi xavfini moliyaviy instrumentlar orqali kamaytirishga xizmat qiladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+