12 460.700 so‘m

decrease

-21.680

14 545.380 so‘m

increase

4.660

155.060 so‘m

decrease

-0.170

12 460.700 so‘m

decrease

-21.680

3 kun avval
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda uy-joy bozori ikkinchi chorakda qanday oʻzgardi?

Davr mobaynida birlamchi bozordagi uylar narxi ayrim hududlarda 8,6 foizgacha oshgan boʻlsa, Toshkent shahrida 8,2 foizlik pasayish kuzatildi. 

Oʻzbekistondagi birlamchi, ikkilamchi va ijara uy-joy bozori holati haqida batafsil:

Oʻzbekistonda uy-joy bozori ikkinchi chorakda qanday oʻzgardi?
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi 2025 yilning ikkinchi choragiga oid uy-joy bozori tahlilini taqdim qildi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston uy-joy bozorida bu davrda yuqori faollik kuzatildi. Respublikaning koʻplab hududlarida narxlarning koʻtarilishi kuzatildi, biroq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pasayish tendensiyasi davom etdi.

Birlamchi bozor

Birlamchi bozorda eng sezilarli oʻsish Jizzax viloyatida (+8,6%), Xorazmda (+5,0%) va Surxondaryoda (+3,2%) qayd etildi. Aksincha, Toshkent shahri (-8,2%) va Toshkent viloyatida (-5,7%) ketma-ket ikki chorakdir narxlar pasayishda davom etmoqda.

Poytaxt tumanlari kesimida ham pasayish koʻrindi. Mirzo-Ulugʻbek (-5,3%), Olmazor (-4,4%) va Sergeli (-4,5%)da narxlar eng koʻp kamaydi. Mirobod (-0,8%) va Yashnobod (-0,4%)da esa tushish nisbatan past boʻldi. Toshkentdagi eng arzon uy-joylar Bektemir tumanida (10,2 mln soʻm/m²), eng qimmatlari esa Mirobod (17,1 mln soʻm/m²) va Shayxontohur (16,2 mln soʻm/m²) tumanlarida qayd etildi.

Ikkilamchi bozor

Ikkilamchi uy-joy bozorida ayrim hududlarda barqarorlashuv va koʻtarilish kuzatildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida (+9,6%), Xorazmda (+4,2%) va Sirdaryoda (+3,7%) narxlar oʻsdi. Buxoro, Navoiy va Qashqadaryoda narxlar deyarli oʻzgarmagan boʻlsa, Namangan va Toshkent viloyatlarida pasayish kuzatildi.

Toshkent shahrida ikkilamchi bozordagi narxlar ketma-ket ikkinchi chorakda tushib, bu safar 2,5%ga kamaydi. Eng katta pasayish Bektemir (-6,0%) va Sergeli (-4,7%) tumanlarida kuzatildi, biroq Mirobod tumanida (+1,9%) biroz oʻsish qayd etildi.

Qurilish sohasi

Uy-joy qurilishida ham yuqori surʼatlar kuzatilmoqda. 2018 yildan beri respublika boʻyicha 430 mingdan ortiq yangi uy foydalanishga topshirilib, jon boshiga uy-joy bilan taʼminlash darajasi 18%ga oshdi.

2025 yilda 130 mingdan ortiq koʻp qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, ularning 15 ming xonadoni Yangi Toshkentda barpo etiladi. Yangi uylar energiya tejamkor materiallar asosida qurilishi belgilangan. Faqatgina 2024 yilda mamlakat boʻyicha 40,5 mln kvadrat metr bino foydalanishga topshirilgan: 21,4 mln kv.m turar joy, 19,1 mln kv.m esa noturar obʼektlarga toʻgʻri kelgan.

Ijara bozori

2025 yilning ikkinchi choragida ijara narxlari oʻrtacha 3,1%ga kamaydi. Eng yuqori narxlar Toshkent shahri (101,5 ming soʻm/m²), Toshkent viloyati (71,7 ming soʻm/m²) va Samarqand (64,6 ming soʻm/m²)da qayd etildi.

Eng katta tushish Andijon (-10,3%) va Navoiy (-9,2%)da kuzatildi. Shu bilan birga, Surxondaryo (+7,2%), Qashqadaryo (+1,4%) va Fargʻonada (+0,7%)da narxlar oʻsdi. Toshkent shahrida esa Bektemir (-8,1%) va Shayxontohur (-6,2%)da pasayish kuchli boʻldi, biroq Olmazor (+3,2%), Yakkasaroy (+1,8%) va Mirobod (+1,5%)da ijara narxlari koʻtarildi.

Ijara rentabelligi boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich Namangan (12%), Fargʻona (11,1%) va Andijon (10,1%) viloyatlarida qayd etildi. Eng past daraja Navoiy (6,4%), Buxoro va Samarqand (6,8%)da kuzatildi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+