11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

13 329.150 so‘m

decrease

-108.120

146.750 so‘m

increase

0.790

11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

Yaqin 2 soat ichida
Bank
122

Oʻzbekistonda qaysi banklarning kartalari Apple Pay va Google Pay’da ishlaydi?

Bugundan mahalliy bank kartalarini Apple Wallet va Google Wallet’ga ulab, smartfon orqali kontaktsiz toʻlov qilish imkoniyati paydo boʻldi. Google Pay roʻyxatida toʻqqizta, Apple Wallet’da esa sakkizta bank koʻrsatilgan. Hozircha xizmatlar Visa va Mastercard kartalarini qoʻllab-quvvatlamoqda.

Oʻzbekistonda qaysi banklarning kartalari Apple Pay va Google Pay’da ishlaydi?

27 oktabrdan Oʻzbekistonda chiqarilgan bank kartalarini Apple Pay va Google Pay’ga ulash boshlandi.

Google’ning rasmiy maʼlumotiga koʻra, Google Wallet’ga quyidagi banklarning kartalarini ulash mumkin:

BankQoʻllab-quvvatlanadigan kartalar
AVO BankMastercard debet
OctobankVisa va Mastercard kredit hamda debet
Uzum BankVisa kredit
TBC BankVisa va Mastercard kredit hamda debet
AloqabankMastercard debet, Visa kredit va debet
KapitalbankVisa va Mastercard kredit hamda debet
Ipak Yoʻli BankMastercard debet, Visa kredit va debet
OʻzmilliybankMastercard debet, Visa kredit va debet
Orient Finans BankMastercard kredit va Visa debet

Google kartaning raqamli hamyon bilan ishlashini uni chiqargan bank belgilashini qayd etgan. Kontaktsiz toʻlov uchun NFC texnologiyasiga ega Android smartfon va Google Wallet ilovasi kerak.

Apple Pay’da qaysi banklar bor?

Apple Wallet’da Oʻzbekistondagi sakkizta bank koʻrsatilgan. Ularning quyidagi toʻlov tizimlariga tegishli kartalarini ulash mumkin:

BankKoʻrsatilgan toʻlov tizimlari
Uzum BankVisa
Orient Finans BankVisa va Mastercard
OʻzmilliybankVisa va Mastercard
KapitalbankVisa va Mastercard
HamkorbankVisa
Ipak Yoʻli BankVisa va Mastercard
TBC BankVisa va Mastercard
OctobankVisa va Mastercard

Apple roʻyxatdagi banklarning ayrim kartalari qoʻllab-quvvatlanmasligi mumkinligini bildiradi. Muayyan kartani ulash imkoniyatini uni chiqargan bankdan aniqlashtirish tavsiya etiladi.

Banklar yangi xizmat uchun aksiyalarni ham tayyorlagan. TBC Bank Osmon Mastercard kredit kartasi bilan Apple Pay orqali qilingan birinchi kontaktsiz xaridga 100 foiz, koʻpi bilan 50 ming soʻm keshbek taklif qilmoqda. Aksiya shartlariga koʻra, u 30 noyabrgacha amal qiladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+