Oʻzbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 63,7 millionga yetdi
Jami bank kartalari va oʻrnatilgan bankomatlar soni boʻyicha Xalq banki yetakchilik qilmoqda.

2025 yil 1 may holatiga koʻra, Oʻzbekistonda muomalada boʻlgan bank kartalari soni 63,7 million donani tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bankning toʻlov tizimlari koʻrsatkichlari boʻyicha eʼlon qilgan maʼlumotida keltirilgan.
Eng koʻp bank kartasiga ega banklar
Hozirda eng koʻp bank kartasiga ega bank — Xalq banki boʻlib turibdi. Uning muomaladagi kartalari soni 11 050 023 donani tashkil etmoqda. Shunga qaramay, yil boshidan beri ushbu bankning kartalari soni 1,4 millionga kamaygan.
Keyingi oʻrinlarda:
- Agrobank — 5 747 129 ta karta
- TBC Bank — 4 965 959 ta karta
- Ipoteka bank — 4 941 823 ta
- Octobank — 4 680 329 ta
- Milliy Bank — 4 097 669 ta
Bankomatlar boʻyicha yetakchilar
Eng koʻp bankomat va infokiosklarga toʻlov tashkilotlari egalik qilmoqda — jami 17 994 ta.
Banklar kesimida esa:
- Xalq banki — 3 032 ta bankomat
- Agrobank — 2 034 ta
- Kapitalbank — 1 478 ta
- Ipak Yoʻli banki — 972 ta
- Milliy bank — 894 ta
Toʻlov terminallari va tushumlar (yanvar–aprel 2025)
Toʻlov terminallari soni boʻyicha yetakchi banklar:
- Xalq banki — 45 101 ta
- Hamkorbank — 43 172 ta
- Milliy bank — 39 525 ta
- Agrobank — 34 595 ta
- Ipoteka bank — 34 571 ta
Shu davr ichida terminallar orqali olingan jami tushum 139,98 trillion soʻmni tashkil etdi. Eng katta tushum esa Aloqabank hissasiga toʻgʻri keldi — 16,1 trillion soʻm.