12 160.990 so‘m

decrease

-72.680

14 178.500 so‘m

decrease

-55.380

153.920 so‘m

decrease

-0.920

12 160.990 so‘m

decrease

-72.680

4 kun avval
Bank

Oʻzbekistonda mikroqarzlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkalari pasayishda davom etmoqda

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2025 yil 13-oktabr holatida mikroqarzlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi 33,6 foizni tashkil etdi. Bu maʼlumotlar eʼlon qilina boshlanganidan beri eng past darajadir.

Oʻzbekistonda mikroqarzlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkalari pasayishda davom etmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

Markaziy bank anʼanaviy tarzda mikroqarz va avtokreditlarning banklar kesimidagi oʻrtacha foiz stavkalarini eʼlon qildi. Unga koʻra, mikroqarzlar boʻyicha stavka maʼlumot eʼlon qilina boshlagandan beri eng past darajaga tushgan.

Regulyatorga koʻra, 2025 yil 13 oktabr holatida mikroqarzlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi 33,6 foizni tashkil etgan. 

Eng yuqori stavkalar Anor bank (41,8%), TBC bank (41,0%), Apex bank (38,3%), va Octobank (37,9%) hissasiga toʻgʻri keldi. Ularning ortidan Ipoteka bank (35,7%), Davr bank (34,8%), Hamkor bank (32,5%) va Madad Invest bank (31,2%) joylashgan.

Eng past stavkalar esa Infinbank (25,6%), Trast bank (25,8%), BRB (26,0%), Aloqa bank (26,1%) va OFB (26,2%) tomonidan taklif qilingan. Shuningdek, Turon bank Kapital bank (26,5%), NBU (26,7%) va MK bank(27,3%) ham nisbatan past foizlarda mikroqarzlar ajratgan.

Bundan tashqari, jismoniy shaxslar uchun ajratilayotgan kreditlar (mikroqarzlarsiz) boʻyicha oʻrtacha stavka 23,6%, yuridik shaxslar uchun esa 22,9% ni tashkil qilmoqda.

Avtokreditlar

13 oktabr holatiga koʻra, avtokreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi 24,1 foizni tashkil qilmoqda. 

Eng yuqori stavkalar Madad Invest bank (28%), Asia Alliance bank (27,4%), va Trast bank (27,5%) hissasiga toʻgʻri keldi. Eng past stavkalar esa Garant bank (16%), Ipoteka bank (19,9%), va Infinbank (20,2%) tomonidan taklif etilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+