12 581.730 so‘m

decrease

-71.750

14 764.660 so‘m

decrease

-106.980

158.340 so‘m

decrease

-1.410

12 581.730 so‘m

decrease

-71.750

3 kun avval
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda majburiy avtosugʻurta polisi narxlari bir necha barobarga oshirilmoqda

Kelasi yildan Oʻzbekistonda majburiy avtosugʻurta polislari sezilarli darajada qimmatlashadi. Hukumat qaroriga koʻra, toʻlov miqdori transport vositasi toifasi hamda haydovchining yashash hududiga qarab 4 barobargacha oshiriladi.

Oʻzbekistonda majburiy avtosugʻurta polisi narxlari bir necha barobarga oshirilmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

2026 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekistonda majburiy avtosugʻurta tariflari bir necha barobarga oshiriladi. 

Bu Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 23 iyuldagi qarorida belgilangan boʻlib, yangi tariflar haydovchilarning transport vositalari toifasi va yashash hududiga qarab farqlanadi.

Qarorga koʻra, haydovchilar soni cheklangan yengil avtomobillar uchun sugʻurta polislari quyidagicha belgilanadi:

  • Hududlarda — 160 ming soʻm (avval 40 ming soʻm);
  • Toshkent shahri va viloyatida — 192 ming soʻm (avval 56 ming soʻm);
  • Oʻzbekistonga vaqtincha olib kirilgan xorijiy roʻyxatdan oʻtgan avtomobillar uchun — 320 ming soʻm.

Yuk avtomobillari egalari uchun ham toʻlovlar ancha oshadi:

  • Hududlarda — 280 ming soʻm (avval 48 ming soʻm);
  • Toshkent shahri va viloyatida — 336 ming soʻm (avval 67 200 soʻm);
  • Xorijdan kirib kelayotgan transport vositalari uchun — 560 ming soʻm.

Sugʻurta tarifi haydovchining avvalgi sugʻurta tarixiga ham bogʻliq boʻladi. Agar haydovchi soʻnggi 12 oy ichida yoʻl-transport hodisasiga (YTH) sababchi boʻlgan boʻlsa, u holda polislarga qoʻshimcha toʻlovlar qoʻllaniladi:

  • Bitta hodisa boʻlsa — 208 ming soʻmdan 249,6 ming soʻmgacha (avval 80–112 ming soʻm);
  • Ikki hodisa boʻlsa — 320 ming soʻmdan 384 ming soʻmgacha (avval 100–140 ming soʻm);
  • Uch va undan ortiq boʻlsa — 480 ming soʻmdan 576 ming soʻmgacha.

Gazeta.uz’ning yozishicha, majburiy avtosugʻurta uchun tariflar 2019 yildan buyon oʻzgartirilmagan. Shuningdek, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) bu tariflar bozordagi joriy iqtisodiy sharoitlar hisobga olinib yangilanganini taʼkidlagan.


Avvalroq Pinkod 2026 yil 1 yanvardan boshlab majburiy avtosugʻurta kompensatsiya summasi 40 million soʻmdan 80 million soʻmgacha koʻtarilishi haqida xabar bergan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+