12 001.940 so‘m

increase

4.110

13 973.860 so‘m

increase

5.990

166.670 so‘m

decrease

-0.640

12 001.940 so‘m

increase

4.110

37 daqiqa avval
Iqtisodiyot
41

Oʻzbekistonda keyingi 12 oyda asosiy stavka bosqichma-bosqich 13%gacha pasayishi kutilmoqda — ekspertlar

Shuningdek ularning baholashicha, yillik inflyatsiya yaqin bir yilda 7,4% atrofida shakllanadi, keyingi 3 yillik istiqbolda esa 5,6%gacha pasayishi mumkin.

Oʻzbekistonda keyingi 12 oyda asosiy stavka bosqichma-bosqich 13%gacha pasayishi kutilmoqda — ekspertlar
Foto: AI/Pinkod.uz

2026 yil mart oyida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, moliya sohasi ekspertlari inflyatsiya, asosiy stavka va iqtisodiy oʻsish boʻyicha ehtiyotkor, ammo nisbatan barqaror kutilmalarni saqlab qolmoqda.

Soʻrovda jami 41 nafar ekspert ishtirok etgan. Ularning 71%i tijorat banklari, 22%i mikromoliya tashkilotlari, 7%i esa boshqa moliya tashkilotlari vakillaridan iborat boʻlgan.

Ekspertlar baholashicha, kelgusi 12 oyda yillik inflyatsiya 7,4% atrofida shakllanishi kutilmoqda. Uch yillik istiqbolda esa inflyatsion kutilmalar 5,6% darajasida qayd etilgan.

Soʻrov ishtirokchilarining 46%i inflyatsiyaning 5%lik maqsadli koʻrsatkichiga 2027–2028 yillarda erishilishini kutmoqda. Yana 19,5% ekspert bu maqsadga 2029 yilda, 17,1%i esa 2030 yilda erishiladi, degan fikrda.

Asosiy stavka boʻyicha ham ekspertlar yaqin muddatda keskin oʻzgarish kutmayapti. Xususan, ularning 76%i Markaziy bankning navbatdagi yigʻilishidan soʻng stavka oʻzgarishsiz qolishini prognoz qilgan. 15% ekspert stavka pasaytirilishini kutgan boʻlsa, 9%i javob bermagan.

Shu bilan birga, ekspertlar kelgusi 12 oy davomida asosiy stavka bosqichma-bosqich pasayib, 13,0%gacha tushishini kutmoqda. Ularning prognozlariga koʻra, stavka boʻyicha kutilmalar navbatdagi yigʻilishdan keyin 13,9%, 3 oydan soʻng 13,8%, 6 oydan soʻng 13,7%, 9 oydan soʻng 13,4% va 12 oydan soʻng 13,0%ni tashkil etadi.

Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha kutilmalar ham ijobiyligicha qolmoqda. Ekspertlar real YaIM oʻsishini joriy yilda 6,3%, kelgusi yilda esa 6,4% darajasida baholagan. Nominal ish haqi oʻsishi esa joriy yilda 13,3%, kelgusi yilda 12,8% boʻlishi prognoz qilinmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+