Oʻzbekistonda dollar rasmiy kursi 7 oylik minimumga tushdi
3 iyuldan AQSh dollarining rasmiy kursi 24,58 soʻmga pasayib, 11 909,66 soʻmni tashkil etadi. Bu 2025 yil 3 dekabrdan buyon qayd etilgan eng past koʻrsatkich boʻlib, iyul oyining dastlabki uch kunida dollar jami 151 soʻmdan koʻproqqa arzonlashdi.

Oʻzbekiston Markaziy banki 3 iyuldan amal qiladigan xorijiy valyutalarning yangi rasmiy kurslarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, AQSh dollarining rasmiy kursi 24,58 soʻmga pasayib, 11 909,66 soʻmni tashkil etdi. Bu 2025 yilning 3 dekabridan buyon qayd etilgan eng past koʻrsatkich hisoblanadi.
2025 yil 3 dekabr kuni dollar kursi 11 880,93 soʻmgacha tushgan edi. Ertasi kuni esa kurs 31,45 soʻmga koʻtarilib, 11 912,38 soʻmni tashkil qilgan. Shu tariqa, 3 iyul uchun belgilangan yangi kurs 4 dekabrdagi koʻrsatkichdan ham 2,72 soʻmga past boʻldi.
Uch kunda dollar 151 soʻmga arzonlashdi
Dollar kursining keskin pasayishi iyul oyi boshidan kuzatilmoqda. Xususan:
30 iyun kuni — 12 060,84 soʻm;
1 iyul kuni — 12 009,27 soʻm;
2 iyul kuni — 11 934,24 soʻm;
3 iyul kuni — 11 909,66 soʻm.
Natijada iyul oyining dastlabki uch kunida dollar 151,18 soʻmga yoki 1,25 foizga arzonlashdi. Faqat 1–2 iyul kunlari kurs jami 126,60 soʻmga pasaygan.
Soʻm yil boshidan buyon qariyb 1 foizga mustahkamlandi
2026 yil boshida bir AQSh dollarining rasmiy kursi 12 025,33 soʻmni tashkil etgan edi. 3 iyulga kelib kurs yil boshidagiga nisbatan 115,67 soʻmga yoki 0,96 foizga pasaydi. Bu davrda milliy valyuta dollarga nisbatan qariyb 1 foizga mustahkamlanganini anglatadi.









