12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

18-yanvar, 17:37
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda bitta boʻsh ish oʻrniga 14 nafar talabgor toʻgʻri kelmoqda

HH.uz platformasida oʻtgan yilda 130 mingga yaqin boʻsh ish oʻrni eʼlon qilingan boʻlib, eng yuqori faollik may-oktabr oylarida kuzatilgan, shuningdek, mamlakat boʻyicha oʻrtacha ish haqi 17% ga oshib, 6,6 million soʻmni tashkil etdi.

Oʻzbekistonda bitta boʻsh ish oʻrniga 14 nafar talabgor toʻgʻri kelmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

2024 yilda Oʻzbekiston mehnat bozorida raqobat sezilarli darajada oshdi. HeadHunter maʼlumotlariga koʻra, 2024 yilda hh.uz platformasida har bir boʻsh ish oʻrni uchun oʻrtacha 14 nafar talabgor toʻgʻri kelgan. Yil davomida ish izlovchilar orasidagi raqobat darajasi 44 foizga oshgan.

Boʻsh ish oʻrinlari va faol davrlar

2024 yil davomida ish beruvchilar hh.uz platformasida jami 130 mingta faol bosh ish oʻrinlarini joylashtirgan. Bu koʻrsatkich 2023 yilga nisbatan 28 foizga oʻsdi. Ish beruvchilarning eng faol davri may – oktabr oraligʻida boʻlib, ayniqsa oktabr oyida 18 mingga yaqin boʻsh ish oʻrinlari eʼlon qilingan. Yanvar va dekabr oylarida esa eng kam takliflar kuzatilgan.

Soha va yoʻnalishlar boʻyicha talab

Eng koʻp boʻsh ish oʻrinlari savdo va mijozlarga xizmat koʻrsatish sohasiga (18,3%) toʻgʻri kelgan. Undan keyingi oʻrinlarni marketing, reklama va PR (13,8%) hamda sport klublari va goʻzallik salonlari (9,7%) egallagan. Sugʻurta sohasidagi bosh ish oʻrinlari soni 2023 yilga nisbatan 89 foizga oshgan.

Ish haqidagi oʻzgarishlar

2024 yilda oʻrtacha ish haqi 17 foizga oshib, 6,6 million soʻmni tashkil etdi. Oliy va oʻrta menejment sohasidagi ish haqi yetakchilikni saqlab qolgan boʻlib, bu yoʻnalishda talabgorlarga oʻrtacha 11,7 million soʻm taklif qilingan.

Soha boʻyicha oʻrtacha ish haqlari quyidagicha oʻzgardi:

  • Xavfsizlik – 47 foizga oshdi.
  • Ishchi kasblar – 45 foizga oshdi.
  • Transport va logistika – 34 foizga oshdi.
  • Sugʻurta – ish haqi 37 foizga pasayib, oʻrtacha 5 million soʻmga tushdi.

Talabgorlarning faolligi yil davomida 84 foizga oshib, platformadagi faol rezyume soni 1,4 millionga yetdi. Eng katta oʻsish ishchi kasblar, sugʻurta, transport va logistika, shuningdek, avtomobil biznesi yoʻnalishlarida kuzatildi. Ushbu sohalarda rezyumelar soni ikki baravarga oshgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+