11 990.260 so‘m

decrease

-68.190

13 738.440 so‘m

decrease

-80.540

162.230 so‘m

decrease

-1.810

11 990.260 so‘m

decrease

-68.190

10 daqiqa avval
Iqtisodiyot
21

Oʻzbekistonda 1 iyuldan pensiya va nafaqalar, 1-sentabrdan esa ish haqi hamda stipendiyalar 7 foizga oshiriladi

Yangi farmonga koʻra, talabalarning bazaviy stipendiyasi 609 ming 547 soʻmga, barcha fanlardan “5” baho olgan talabalar stipendiyasi esa 731 ming 456 soʻmga yetadi. Shuningdek, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 1 mln 360 ming soʻm, BHM esa 440 ming soʻm etib belgilanadi.

Oʻzbekistonda 1 iyuldan pensiya va nafaqalar, 1-sentabrdan esa ish haqi hamda stipendiyalar 7 foizga oshiriladi

Prezidentning 23 iyundagi PF–115-son farmoni bilan ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirish belgilandi.

Farmonga koʻra, 2026 yil 1 iyuldan pensiya va nafaqalar, shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga toʻlanadigan bolalar nafaqasi hamda moddiy yordam miqdorlari 7 foizga oshiriladi.

Xususan, yoshga doir eng kam pensiya miqdori oyiga 983 ming soʻm, nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori esa 1 mln 83 ming soʻm etib belgilanadi.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasining oylik miqdori:

  • 3 yoshgacha boʻlgan bitta farzand uchun — 386 ming soʻm;
  • 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bitta farzand uchun — 295 ming soʻm;
  • oilaning ikkinchi farzandi uchun qoʻshimcha — 177 ming soʻm;
  • uchinchi va undan keyingi har bir farzand uchun qoʻshimcha — 118 ming soʻm.

Bunday oilalarga beriladigan moddiy yordamning oylik miqdori 450 ming soʻmga yetkaziladi.

Shuningdek, 2026 yil 1 iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori oyiga 504 ming soʻm etib belgilanadi.

2026 yil 1-sentabrdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori ham 7 foizga oshiriladi.

Hozirda bazaviy talabalar stipendiyasi 569 ming 670 soʻmni tashkil etadi. 7 foizlik oshirishdan keyin uning miqdori 609 ming 547 soʻmga yetadi.

Barcha fanlardan “5” baho olgan talabalarning amaldagi stipendiyasi 683 ming 604 soʻm boʻlib, 1-sentabrdan 731 ming 456 soʻmga oshadi.

Shu sanadan boshlab:

  • mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oyiga 1 mln 360 ming soʻm;
  • bazaviy hisoblash miqdori 440 ming soʻm etib belgilanadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+