11 847.160 so‘m

increase

52.280

13 843.410 so‘m

increase

157.810

141.440 so‘m

increase

2.770

11 847.160 so‘m

increase

52.280

35 daqiqa avval
Iqtisodiyot
45

Oʻzbekiston zaxiralaridagi oltin ulushi dunyodagi eng yuqori — Fitch

Fitch Oʻzbekistonni oltin narxining oʻsishidan eng koʻp foyda koʻrgan, ayni paytda uning keskin pasayishiga eng taʼsirchan mamlakatlardan biri sifatida baholadi. 

Oltin xalqaro zaxiralarning 87,2 foizi va tovar eksportining 41 foizini tashkil etgani sababli, narxlar tushishi zaxiralar qiymati hamda eksport tushumlarini bir vaqtda kamaytirishi mumkin.

Oʻzbekiston zaxiralaridagi oltin ulushi dunyodagi eng yuqori — Fitch

Fitch Ratings Oʻzbekiston xalqaro zaxiralari tarkibidagi oltin ulushi boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turishini maʼlum qildi.

Agentlikka koʻra, oltin narxining oʻsishi va markaziy banklar tomonidan qimmatbaho metall xarid qilinishi Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi moliyaviy zaxiralarini sezilarli darajada mustahkamlagan.

Mintaqadagi xalqaro zaxiralar 2023 yildan beri keskin oshdi. Oltin xaridlari va mavjud zaxiralarning narxi koʻtarilishi ushbu oʻsishning asosiy qismini taʼminladi.

Fitch oltinning yuqori ulushini tashqi iqtisodiy zarbalarga qarshi qoʻshimcha himoya sifatida baholamoqda. Bu, ayniqsa, joriy hisob taqchilligi, xorijiy valyutadagi qarzlar va moliya tizimidagi dollarlashuv tarixan yuqori boʻlgan mintaqa uchun muhim.

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari 2026 yil 1 avgust holatiga 64,35 mlrd dollarni tashkil etgan. Shundan 56,12 mlrd dollari yoki 87,2 foizi monetar oltin hissasiga toʻgʻri keladi.

Iyul oyining oʻzida zaxiralar 589,8 mln dollarga koʻpaygan. Bunda oltinning jahon bozoridagi narxi 4 016,7 dollardan 4 052,2 dollargacha koʻtarilishi zaxiralar qiymatiga qariyb 490 mln dollar qoʻshgan. Yaʼni oylik oʻsishning 83 foizga yaqini oltin narxidagi oʻzgarish bilan bogʻliq.

Oltin Oʻzbekistonning nafaqat zaxiralari, balki eksport tushumlarida ham katta oʻrin egallaydi. Fitch hisob-kitobiga koʻra, 2025 yilda qimmatbaho metall mamlakat tovar eksportining 41 foizini taʼminlagan.

Oltin eksportidan tushumlarning oshishi 2023–2025 yillarda Oʻzbekistonning joriy hisob taqchilligi sezilarli qisqarishiga yordam berdi. Natijada mamlakatning tashqi toʻlovlarni qoplash imkoniyati yaxshilandi.

Biroq aynan shu yuqori ulush teskari xavfni ham yuzaga keltirmoqda. Oltin keskin arzonlasa, bir vaqtning oʻzida zaxiralar qiymati, eksport tushumlari, nominal yalpi ichki mahsulot va byudjet koʻrsatkichlariga bosim kuchayishi mumkin.

Masalan, boshqa omillar oʻzgarmagan sharoitda oltin narxining 10 foizga pasayishi zaxiralarning oltin qismini qariyb 5,6 mlrd dollarga kamaytiradi. Bu jami xalqaro zaxiralar qiymatining taxminan 8,7 foiziga teng. Bu hisob-kitob ssenariy boʻlib, Fitch prognozi hisoblanmaydi.

Agentlik oltin narxining pasayishi Oʻzbekiston va Qirgʻiziston uchun mintaqadagi boshqa davlatlarga qaraganda kattaroq xavf tugʻdirishini qayd etdi. Shunga qaramay, Fitch oltinning arzonlashishi oʻz-oʻzidan ushbu mamlakatlar suveren kredit reytingini tushirish uchun yetarli boʻlmaydi, deb hisoblamoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+