12 768.260 so‘m

decrease

-62.870

14 400.040 so‘m

decrease

-142.760

162.630 so‘m

increase

1.560

12 768.260 so‘m

decrease

-62.870

07-may, 15:48
Bank

Oʻzbekiston yoki Qozogʻiston: qayerdagi banklar koʻproq foyda koʻradi?

Oʻzbekiston va Qozogʻiston koʻplab yoʻnalishlarda raqobatdosh hisoblanadi va bank sohasi ham bundan mustasno emas.

Oʻzbekiston yoki Qozogʻiston: qayerdagi banklar koʻproq foyda koʻradi?
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston va Qozogʻiston koʻplab sohalarda raqobatdosh hisoblanadi va bank sohasi ham bundan yiroq emas. Bankir loyihasi tomonidan ikkala davlatdagi banklarning birinchi chorakdagi sof foydalari taqqoslab koʻrildi

Oʻzbekiston banklari — $265,1 mln sof foyda

Korporativ maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda mavjud 36 ta bank joriy yil birinchi choragini 3 trln 419 mlrd soʻm (taxminan $265,1 mln) sof foyda bilan yakunladi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 41,7 foizga koʻproqdir. 

Eng koʻp foyda koʻrgan banklar quyidagilar:

Top uchlikdagi banklarning ikkatisi davlat ulushi mavjud banklar hisoblanadi

Qozogʻiston banklari – $1,3 milliard sof foyda

Qozogʻistondagi jami banklar soni Oʻzbekistonga nisbatan ancha kamroqdir-- 21 ta bank mavjud. Shunga qaramasdan mazkur davlat banklari birinchi chorakda jami 664 mld tenge yoki $1,3 mlrd sof foyda olgan. Bu koʻrsatkich Oʻzbekiston banklarining daromadidan besh barobar koʻproqdir.

Masalan, Halyk Bank yakka oʻzi 493,2 million dollar foyda koʻrgan boʻlib, bu Oʻzbekistondagi barcha banklarning umumiy foydasidan qariyb ikki barobar yuqoridir.

Humo toʻlov tizimini sotib olishga qiziqish bildirgan Kaspi Bank esa 249,6 million dollar, Forte Bank esa 101,7 million dollar foyda bilan chorakni yakunlagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+