11 979.640 so‘m

decrease

-41.580

13 901.170 so‘m

decrease

-77.100

167.520 so‘m

decrease

-2.010

11 979.640 so‘m

decrease

-41.580

3 soat avval
Iqtisodiyot
63

Oʻzbekiston sugʻurta kompaniyalari 2026 yil I choragida qancha sof foyda oldi?

2026 yilning dastlabki uch oyi yakuniga koʻra, sugʻurta kompaniyalari orasida eng yuqori sof foydani APEX Insurance qayd etdi — 87,8 mlrd soʻm.

Euroasia Insurance 63,9 mlrd soʻm, “Oʻzbekinvest” esa 20,3 mlrd soʻmlik natija bilan yetakchilar qatoridan joy oldi.

Pinkod ochiq maʼlumotlar asosida sugʻurta kompaniyalari 2026 yil I chorak yakunlari boʻyicha qancha sof foyda olganini oʻrganib chiqdi.

Oʻzbekiston sugʻurta kompaniyalari 2026 yil I choragida qancha sof foyda oldi?
Foto: AI/Pinkod.uz

Shu bilan birga, bozordagi barcha kompaniyalar ham chorakni ijobiy natija bilan yakunlamagan. Ayrim sugʻurta tashkilotlari sof foyda koʻrsatkichida sezilarli pasayish qayd etgan boʻlsa, 3 ta kompaniya zarar bilan ishlagan.

Pinkod ochiq maʼlumotlar asosida sugʻurta kompaniyalari 2026 yil I chorak yakunlari boʻyicha qancha sof foyda olganini oʻrganib chiqdi.

10 mlrd soʻmdan koʻp foyda olganlar

KompaniyaSof foydaOʻzgarish
APEX Insurance87,8 mlrd soʻm+154,3%
Euroasia Insurance63,9 mlrd soʻm+775,7%
“Oʻzbekinvest”20,3 mlrd soʻm+21,34%
“Kafolat sugʻurta”12,9 mlrd soʻm+29,3%
“Xalq Sugʻurta”11,1 mlrd soʻm+559,4%
Mosaic Insurance Group10,8 mlrd soʻm-61,2%

Ushbu segmentda APEX Insurance 87,8 mlrd soʻmlik sof foyda bilan yaqqol yetakchilik qildi. Kompaniya foydasi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 154,3 foizga oshgan.

Euroasia Insurance ham keskin oʻsish qayd etib, sof foydasini 63,9 mlrd soʻmga yetkazdi. Bu oʻtgan yilning I choragiga nisbatan 775,7 foizlik oʻsishni anglatadi.

Shu bilan birga, yuqori foyda olgan kompaniyalar orasida pasayish holatlari ham kuzatildi. Jumladan, Mosaic Insurance Group’da sof foyda 61,2 foizga pasaygan.

5 mlrddan 10 mlrd soʻmgacha foyda olganlar

KompaniyaSof foydaOʻzgarish
TBC Sug‘urta9,9 mlrd soʻm+1749%
My Insurance6,9 mlrd soʻm+4601,4%
SQB Insurance6,6 mlrd soʻm+3,8%
“Kafil sugʻurta”6,3 mlrd soʻm+7,8%
“Imkon sugʻurta”5,9 mlrd soʻm+39%
“Hamkor sugʻurta”5,9 mlrd soʻm-12,9%

“Temiryoʻl Sugʻurta”

5,6 mlrd soʻm+4743%

Bu guruhda TBC Sug‘urta, My Insurance va Temiryo‘l Sug‘urta eng yuqori oʻsish surʼatlarini qayd etdi. Xususan, Temiryo‘l Sug‘urta sof foydasi 5,6 mlrd soʻmga yetib, yillik hisobda 4743 foizga oshgan.

My Insurance 6,9 mlrd soʻm foyda bilan 4601,4 foizlik oʻsish koʻrsatdi. TBC Sug‘urta esa 9,9 mlrd soʻmlik sof foyda bilan 10 mlrd soʻmlik chegaraga yaqinlashdi.

1 mlrddan 5 mlrd soʻmgacha foyda olganlar

KompaniyaSof foydaOʻzgarish
Gross sug‘urta4,15 mlrd soʻm+96,3%
Alfa Invest3,6 mlrd soʻm+15438%
Neo Insurance3,5 mlrd soʻm+235,3%
“Oʻzbekiston qayta sugʻurta kompaniyasi”2 mlrd soʻm
Semurg Insurance1,7 mlrd soʻm+1805%
Infinity Insurance1,7 mlrd soʻm+640,6%
Aria sug‘urta1,5 mlrd soʻm+8,7%

“Kapital Sugʻurta”

1,38 mlrd soʻm-44,75%
Quantum Insurance1,2 mlrd soʻm-73,3%
O‘zbekinvest Hayot1,2 mlrd soʻm+15,7%

Mazkur toifada Alfa Invest eng katta nisbiy oʻsishni qayd etdi. Kompaniya sof foydasi 3,6 mlrd soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15438 foizga oshgan.

Semurg Insurance va Infinity Insurance’da ham yuqori oʻsish kuzatildi. Ular mos ravishda 1,7 mlrd soʻmdan sof foyda qayd etgan.

Biroq “Kapital Sugʻurta” va Quantum Insurance’da pasayish bor. Quantum Insurance sof foydasi 73,3 foizga kamayib, 1,2 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

1 mlrd soʻmdan kam foyda olganlar

KompaniyaSof foydaOʻzgarish
Kafolat Hayot Insurance998,6 mln soʻm+118,4%
Alfa Life Insurance648,6 mln soʻm-5%
INSON627,4 mln soʻm+22,3%
Apex Life Insurance494,6 mln soʻm+612,7%
Asia Insurance492 mln soʻm+120,3%
Trust Insurance298,8 mln soʻm-88,1%
Impex-Insurance170,6 mln soʻm-91,5%
Prestige Insurance137,1 mln soʻm-97,5%
Farovon sug‘urta58,7 mln soʻm-59%
Agros Hayot25,1 mln soʻm-81,88%

Bu segmentda Kafolat Hayot Insurance 998,6 mln soʻmlik sof foyda bilan 1 mlrd soʻmlik chegaraga yaqin natija qayd etdi. Apex Life Insurance’da esa sof foyda 612,7 foizga oshib, 494,6 mln soʻmga yetgan.

Shu bilan birga, Trust Insurance, Impex-Insurance va Prestige Insurance’da sezilarli pasayish kuzatildi. Prestige Insurance sof foydasi 97,5 foizga qisqarib, 137,1 mln soʻmni tashkil etdi.

Zarar bilan yakunlaganlar

KompaniyaSof foydaOʻzgarish
Alskom sug‘urta-2,7 mlrd soʻmsof natija 120,9% ga pasaygan
IShONCh sug‘urta-594,9 mln soʻmzarar 25,14% ga oshgan
Euroasia Life Insurance-39,6 mln soʻmsof natija 181,9% ga pasaygan

Hisobot davrida 3 ta sugʻurta kompaniyasi chorakni zarar bilan yakunladi. Eng yirik zarar Alskom sug‘urta hissasiga toʻgʻri keldi — kompaniya 2,7 mlrd soʻm salbiy moliyaviy natija qayd etdi.

IShONCh sug‘urta zarari 594,9 mln soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilga nisbatan 25,14 foizga oshgan. Euroasia Life Insurance esa 39,6 mln soʻm zarar koʻrgan


Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+