11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

13 329.150 so‘m

decrease

-108.120

146.750 so‘m

increase

0.790

11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

Yaqin 1 soat ichida
Iqtisodiyot
25

Oʻzbekiston oltin sotib olish boʻyicha dunyoda uchinchi oʻrinni egalladi

Oʻzbekiston Markaziy banki 2026 yilning yanvar–sentabr oylarida oltin zaxiralarini 56 tonnaga oshirib, dunyodagi eng yirik uchta xaridordan biriga aylandi. Sentabr oyining oʻzida yana 7 tonna oltin sotib olingan. Bu haqda Jahon oltin kengashining 4 noyabrda eʼlon qilingan hisobotida maʼlum qilindi.

Oʻzbekiston oltin sotib olish boʻyicha dunyoda uchinchi oʻrinni egalladi

Jahon oltin kengashi (World Gold Council) maʼlumotlariga koʻra, 2026 yilning toʻqqiz oyida markaziy banklar tomonidan rasman qayd etilgan sof oltin xaridlari 228 tonnani tashkil etgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 7 foizga kam.

Eng koʻp oltin xarid qilgan davlat Polsha boʻlib, mamlakat markaziy banki yil boshidan buyon zaxiralarini 123 tonnaga koʻpaytirgan. Ikkinchi oʻrinni 103 tonna bilan Xitoy, uchinchi oʻrinni esa 56 tonna bilan Oʻzbekiston egallagan.

Sentabr oyida ham Oʻzbekiston yirik xaridorlar qatorida boʻlgan. Markaziy bank bir oyda 7 tonna oltin sotib olib, Polsha (25 tonna) va Xitoydan (23 tonna) keyin uchinchi oʻrinni egallagan.

Keyingi oʻrinlarda Qozogʻiston (5 tonna), Iordaniya (4 tonna), Chexiya (2 tonna) va Boliviya (1 tonna) joylashgan.

Umuman, sentabr oyida dunyo markaziy banklarining sof oltin xaridlari 61 tonnaga yetgan. Bu 2026 yil boshidan buyon kuzatilgan eng yuqori oylik koʻrsatkich hisoblanadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+