12 011.650 so‘m

increase

48.490

13 462.660 so‘m

increase

72.300

143.170 so‘m

increase

0.840

12 011.650 so‘m

increase

48.490

31-mart, 12:29
Iqtisodiyot
872

Oʻzbekiston ketma-ket beshinchi oy oltin eksportini amalga oshirmadi

Oʻzbekiston 2025 yil oktabridan buyon oltin eksportini amalga oshirmayapti. 

Natijada joriy yil yanvar-fevral oylarida mamlakatning jami eksport hajmi 23,4 foizgacha kamaydi. 

Shu bilan birga, mamlakat tashqi savdo balansida 4,51 mlrd dollarlik manfiy saldo shakllandi.

Oʻzbekiston ketma-ket beshinchi oy oltin eksportini amalga oshirmadi
Foto: AI/Pinkod.uz

Oʻzbekiston ketma-ket beshinchi oyda ham oltin eksportini amalga oshirmadi. 

2026 yil yanvar–fevral oylarida Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasi 11,6 mlrd dollarga yetdi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 767,4 mln dollar yoki 7,1 foizga koʻp.

Umumiy savdoda eksport hajmi 3,55 mlrd dollarga tushib ketdi. Bu koʻrsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 23,4 foizni tashkil etdi.

Ayni paytda import hajmi 8,06 mlrd dollarga yetib, 29,8 foizga oʻsdi. Hisobot davrida tashqi savdo balansi 4 511,5 mln AQSh dollari miqdorida manfiy saldo bilan shakllandi.

Eksport hajmidagi mazkur pasayish Oʻzbekiston ketma-ket beshinchi oy ham oltin sotishni toʻxtatgani bilan izohlanadi.

Shu bilan birga, maxsus eksportni hisobga olmaganda, tovarlar eksporti barqaror oʻsishni namoyon etdi. U 2,1 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 24,0 foizga oshdi.


Oʻzbekiston yanvar oyida ham oltin va gaz eksportini amalga oshirmagan edi. 

Shuningdek, mamlakat oktabr, noyabr va dekabr oylarida ham oltin eksportini amalga oshirmay, aksincha oltin xaridini amalga oshirgan.

Natijada Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket yettinchi oy rekordni yangiladi. 

Markaziy bank zaxiralari qiymati fevral oyida 2 mlrd dollarga koʻpayib, 77,08 mlrd dollarni tashkil etdi. Bir oy ichida zaxiralardagi oltin qiymati 2,7 mlrd dollarga oshdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+