12 072.960 so‘m

increase

52.480

14 177.280 so‘m

increase

128.950

161.170 so‘m

increase

2.400

12 072.960 so‘m

increase

52.480

1 soat avval
Soliq
17

Oʻzbekistonda “dacha”lar faoliyatini tartibga solish rejalashtirilmoqda

Jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan Prezident qarori loyihasiga koʻra, ijaraga beriladigan dala hovlilar “joylashtirish vositalari” sifatida tan olinadi va ular uchun litsenziya talab etilmaydi. 2027 yildan boshlab barcha obʼektlar oʻz xizmat narxlarini maxsus platformaga kiritib borishi shart boʻladi, mavjud dala hovlilar esa 2026 yil oxirigacha toʻliq roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Oʻzbekistonda “dacha”lar faoliyatini tartibga solish rejalashtirilmoqda
Foto: AI/Pinkod.uz

Oʻzbekistonda dala hovlilarni yagona elektron bazaga kiritish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Soliq qoʻmitasi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan Prezident qarori loyihasida maʼlum qilingan.

Qarorga koʻra, fuqarolar yoki kompaniyalarga tegishli boʻlgan va vaqtincha ijaraga beriladigan hovli-joylar hamda dachalar “joylashtirish vositalari” sifatida eʼtirof etiladi. Bunday faoliyatni yuritish uchun alohida ruxsatnoma yoki litsenziya talab qilinmaydi. Shuningdek, dala hovlilarda dam oluvchilardan turist (mehmonxona) yigʻimi undirilmaydi.

Sohada inson omilini kamaytirish maqsadida Milliy turizm yagona platformasi ishga tushiriladi. 2027 yil 1 yanvardan boshlab barcha mehmonxonalar va dala hovlilar oʻz xizmat narxlarini platformaga muntazam kiritib borishi shart boʻladi.

“Soliq” mobil ilovasi orqali tuziladigan ijara shartnomalari ushbu platforma bilan real vaqt rejimida integratsiya qilinadi. 2026 yil yakuniga qadar mamlakatdagi barcha mavjud dala hovlilar toʻliq roʻyxatdan oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, platformada roʻyxatdan oʻtmagan yoki noqonuniy faoliyat yuritayotgan dala hovlilar haqida soliq organlariga xabar bergan fuqarolar ragʻbatlantiriladi. Agar holat tasdiqlansa, murojaat muallifiga undirilgan jarima summasining 30 foizi miqdorida mukofot beriladi. Xabar bergan shaxsning shaxsi esa qatʼiy sir saqlanishi kafolatlanadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+