11 969.660 so‘m

decrease

-32.050

13 927.900 so‘m

decrease

-56.490

152.560 so‘m

decrease

-0.310

11 969.660 so‘m

decrease

-32.050

17-sentabr, 2025
Bozor
826

Oʻzbekiston avtomobil bozorida avgust oyida pasayish kuzatildi

Oʻzbekistonda 2025 yil avgustida avtomobil savdosi 90 ming donani tashkil etib, iyul oyiga nisbatan 9,5% ga kamaydi. Eng katta pasayish Toshkent viloyati, Xorazm va Qashqadaryoda kuzatildi.

Oʻzbekiston avtomobil bozorida avgust oyida pasayish kuzatildi
Foto: AI/Pinkod.uz

2025 yil avgustida mamlakat avtomobil bozorida savdolar biroz qisqardi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi maʼlum qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, oy davomida yengil avtomobillar savdosi 90 ming donani tashkil etib, iyul oyiga nisbatan 9,5% ga kamaydi. Eng sezilarli pasayish Toshkent viloyati, Xorazm va Qashqadaryoda qayd etildi.

Birlamchi bozor

Yangi yengil avtomobillar segmentida ham pasayish kuzatildi. Avgust oyida 37,6 ming dona avtomobil sotilib, bu iyul oyiga qaraganda 2% kamdir. Shunga qaramay, mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar bozorda yetakchilikni saqlab qoldi — 32,6 ming dona mashina sotilgan boʻlib, bu koʻrsatkich 0,8% ga qisqardi. Import qilingan yangi avtomobillar savdosi esa 4,9 ming donani tashkil etdi, bu iyulga nisbatan 9,4% kam.

Ikkilamchi bozor

Avtomobil bozorining ikkilamchi segmentida ham savdo hajmi qisqardi. Avgust oyida 52,7 ming dona avtomobil sotilgan boʻlib, bu oʻtgan oyga nisbatan 14,3% kamdir.

Elektromobillar

Shu bilan birga, elektromobillar segmenti ijobiy dinamikani koʻrsatdi. Ikkilamchi bozorda 2,7 mingta elektromobil sotildi, bu iyulga nisbatan 0,6% koʻp. Yillik hisobda esa savdolar 4,6 barobar oshgani qayd etildi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+